- Elektr uskunalari, elektr tarmoqlari, konditsioner tizimlari va DGU (BJU)ni texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va ekspluatatsiyasini ta’minlash, ularning ishlash sifatini nazorat qilish va kuzatib borish;
- Rejaga muvofiq tekshiruvlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, uskunalarni ko‘zdan kechirish maqsadida obyektlarga tashrif buyurish;
- Ayrim asbob, uzel, mexanizm va tizimlarning foydalanishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish hamda ularning nosozlik sabablari aniqlash;
- Obyektlar bo‘yicha elektr energiyasi sarfini oylik hisobga olish va umumiy ma’lumotlarni rahbarga taqdim etish;
- Obyektlar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni nazorat qilish va to‘lov hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish;
- Elektr energiyasini yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va energiya ta’minoti bilan bog‘liq boshqa ruxsat hujjatlarini tuzish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarda o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish;
- Avariya holatlari yuzaga kelganda obyektlarga chiqish va ularni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Talablar:
- Oliy yoki o‘rta maxsus texnik ma’lumot;
- Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish;
- Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish va o‘rnatish, qo‘l elektr asboblari va generator uskunalari bilan ishlash tajribasi;
- Hujjatlar bilan ishlash, ofis texnikasi va kompyuter savodxonligi.
- O‘zb. Res. MK ga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
- Ish jadvali: 5/2, 9:00-18:00;
- Malaka oshirish va shaxsiy rivojlanish imkoniyati;
- Kafolatlangan maosh + KPI darajasiga qarab bonus.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish