Asosiy lavozim vazifalari:
- Transport tarmoqlari va DataCom/DWDM/SDH aloqa liniyalari uchun loyihadan oldingi o‘rganishlarni amalga oshiradi va ishchi loyihalarni o‘z vaqtida ishlab chiqadi;
- Operator tarmog‘idagi barcha DataCom/DWDM/SDH uskunalarining loyiha yechimlariga muvofiq montaj ishlarida ishtirok etadi va ularni amalga oshiradi;
- DataCom/DWDM/SDH uskunalarini qurish va montaj qilish jarayonlariga mualliflik va/yoki texnik nazoratni amalga oshiradi;
- DataCom/DWDM/SDH uskunalarini jihozlash, funksional imkoniyatlari, montaji va ishga tushirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqaruvchi firmalar bilan hamkorlik qiladi;
- DataCom/DWDM/SDH aloqa tizimlari tuzilishi va tashkil etish sxemalari bo‘yicha texnik yechimlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni amalga oshiradi, tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi;
- Kompaniyaning uyali aloqa transport tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish maqsadida zarur bo‘lgan DataCom/DWDM/SDH uskunalarini sotib olish uchun shartnomalar tuzish bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni (zarur hajmni hisoblash) tayyorlaydi, shuningdek, sotib olingan uskunalarni Kompaniya filiallari (aloqa obyektlari bo‘yicha) o‘rtasida taqsimlashni amalga oshiradi;
- DataCom/DWDM/SDH uskunalarini loyihalash, qurish, montaj qilish va ishga tushirish uchun pudratchi tashkilotni tanlash bo‘yicha texnik topshiriqni tayyorlaydi, pudrat shartnomalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va imzolangan shartnoma bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Talablar:
-
«Telekommunikatsiya» yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta yoki oliy ma’lumot;
-
Uyali aloqa tizimlarini qurish prinsiplari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
-
Uyali aloqa tizimlari uskunalarining ishlash prinsiplari haqida bilimga ega bo‘lish;
-
DataCom/DWDM/SDH ma’lumot uzatish tizimlarini qurish prinsiplari, transport kanallarini tashkil etish, optik tolali va boshqa aloqa liniyalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
-
Transport tarmoqlari va aloqa liniyalarini rejalashtirish, loyihalash va qurish prinsiplari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
-
L2/L3 darajasida tarmoq o‘zaro aloqasi prinsiplari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
-
Marshrutizator, kommutator va fayervol kabi aktiv tarmoq uskunalari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
-
Microsoft Office, Visio, AutoCAD va CorelDraw dasturlarini bilish.