Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Quvvatlantirish tizimlari, akkumulyatorli batareykalar va quyosh elektr stansiyalariga xizmat ko‘rsatish guruhining Rahbari

Lavozim vazifalari:

  • O‘zining qo‘l ostida bo‘lgan uzluksiz quvvatlantirish tizimlari, akkumulyatorli batareykalar va quyosh elektr stansiyalari va biriktirilgan uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni va to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash, ularning ishlash sifatini nazorat qilish.

  • Tayanch stansiyalarining yangi qurilish bosqichidagi loyihalashtirishda va uskunalarni tanlashda ishtirok etish.

  • Amaldagi tayanch stansiyalaridagi akkumulyatorli batareykalari, quvvatlanish manbalarini takomillashtirishda ishtirok etish.

  • Hududlar bo‘yicha Bosh energetik Guruhlari faoliyatining o‘ziga tegishli yo‘nalishining nazoratini amalga oshirish; hisobotlarni tekshirish, hisobdan chiqarish dalolatnomalari, quvvatlantirish tizimlari, akkumulyatorli batareykalari va quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z vaqtida amalga oshirish, hujjatlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi.

  • Uskunalar, ehtiyot qismlari, asboblar, qurilmalarning hisobga olinishi, butligi va saqlanganligini, texnik muammosiz va o‘rnatishga tayyor bo‘lgan quvvatlantirish manbalarining mavjudligini ta’minlash. Ularni kompaniya obyektlari bo‘yicha inventarizatsiya qilishda ishtirok etish.

  • Guruh oldida qo‘yilgan vazifalarni bajarishga tegishli bo‘lgan ehtiyot qismlari va materiallar, xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha budjetni shakllantirishda ishtirok etish.

  • Pudratchi tashkilotlar va quvvatlantirish tizimi, akkumulyatorli batareykalar va quyosh elektr stansiyalariga xizmat ko‘rsatish guruhi xodimlari tomonidan mavjud va yangi qurilayotgan obyektlarda BEG doirasiga kiradigan ish turlari bo‘yicha quvvatlantirish tizimi uskunalari, akkumulyatorli batareykalar va quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha montaj ishlarini o‘tkazilishining texnik nazoratini amalga oshirish. Uskunalar montaj-ishga tushirilishidan keyin uskunalarni ishlab chiqaruvchi standartlari bo‘yicha qabul qilishni (CheckList) amalga oshirish.

  • Alohida qurilmalar, uzellar, mexanizmlar, tizimlarning foydalanishga yaroqli ekanligi haqida xulosa taqdim qilish va ularning nosozliklari sabablarini aniqlash.

  • Qo‘l ostidagi guruh xodimlarining ishini tahlil qilish va ularning professional imkoniyatlarining oldilariga qo‘yilgan maqsadlar va topshiriqlarga mos kelish darajasini aniqlash.



Talablar:

  • Oliy texnik ma’lumot bilan mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasi yoki o‘rta texnik ma’lumot bilan mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi.

  • Uzluksiz quvvatlantirish tizimi qurilmalari, AKB va SFES ishlash tamoyili, texnik xususiyatlari, xizmat ko‘rsatish va profilaktika uslublari, sozlash uslubiyotini bilish.

  • Energetikaga tegishli bo‘lgan qonunlar, huquqiy-normativ hujjatlar, texnologik obyektlarda o‘rnatilgan quvvatlantirish tizimlari, akkumulyatorli batareykalar va quyosh elektr stansiyalari foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalarni bilish.

  • Ishlab chiqarishni rejalashtirish va ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish tartibi va uslublarini bilish.

 

Shaxsiy sifatlar:

  • Ishchanlik, ruhiy bosimga chidamlilik

  • Maqsadga yo’naltirilganlik

  • Tahlil qilish malakasi

  • Yetakchilik sifatlari

  • Tashkillashtirish qobiliyati, jamoada ishlay olish

  • Muloqot malakalari

  • SHK tajribali foydalanuvchisi (MS Office)

Ro'yxatga qaytish