Biz ijtimoiy tarmoqlarda
DataCom rivojlantirish va loyihalashtirish guruhi mutaxassisi

Asosiy lavozim vazifalari: 

  • Uyali aloqa uchun DataCom BH/BB transport tarmog‘ining rivojlantirish va takomillashtirish rejalarini ishlab chiqish;
  • Mavjud transport tarmog‘ining uskunalari mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlarning mos kelishining tekshiruvi va monitoringi va tarmoqni rivojlantirish uchun zarur qismlarning tahlilini o‘tkazish;
  • Transport tarmog‘ining yangi qurilishi va takomillashtirilishi uchun DataCom loyihlarini ishlab chiqish;
  • DataCom uskunalarining qurilishi va o‘rnatilishi, ishga tushirish-sozlash, trafikni o‘tkazish, foydalanishga topshirish ustidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi;
  • Ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan DataCom uskunalari – marshrutizator, kommutator, fayrvol jihozlanishi, funksional imkoniyatlari, qurilishi, o‘rnatilishi va ishga tushirilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni olib boradi.

 

Talablar:

  • Oliy texnik ma’lumot;

  • Uyali aloqa va transport tarmog‘ining tuzilishini bilish (RRL, VOLS/DWDM, BH/BB);

  • Cisco/Huawei uskunalarida L2/L3 darajasida tarmoq o‘zaro munosabatlarining tamoyillari bo‘yicha mustahkam bilimlarga ega bo‘lish;

  • Faol tarmoq uskunalari – marshrutizatir, kommutator, fayrvol bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;

  • Telekommunikatsiya rivojlanish istiqbollari haqidagi tushuncha;

  • Ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish, muloqot qilish qoidalarini bilish;

  • Transport tarmog‘idagi tahlillar va buzilishni aniqlash uchun o‘lchov uskunalaridan (optik reflektometr, Ethernet tahlilchisi) foydalanish ko‘nikmalari ma’qullanadi.

Ro'yxatga qaytish