Asosiy lavozim vazifalari:
- RRL rejalashtirish va loyihalashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish;
- Transport tarmog‘ining rejalashtirilishi va loyihalashtirilishida va butun mobil tarmoqning rivojlantirilishida ishtirok etish;
- Montaj ishlarining nazoratini rejalar va ishchi loyihalarga muvofiq olib borish;
- Mavjud aloqa tarmog‘i uskunalarini hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlari mos kelishining monitoringi va tekshiruvini amalga oshirish va tarmoqni rivojlantirish uchun zarur narsalarni tahlil qilish;
- Transport tarmog‘i uskunalarini xarid qilishni o‘tkazish uchun texnik vaziflarni tayyorlash;
- Aloqa obyektlari va tarmog‘ini loyihalashtirishga texnik topshiriqni tayyorlash;
- Loyiha yechimini amalga oshirish bo‘yicha ishlarini o‘tkazish uchun pudratchi tashkilotni tanlashga texnik vazifani tayyorlash.
Talablar:
- Oliy yoki o‘rta texnik ma’lumot;
- Telekommunikatsiya sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
- Uyali aloqa va tarmoq transporti tuzilmasini bilish (RRL, BH/IPRAN);
- RRL va aloqa obyektlarini rejalashtirish, loyihalashtirish va qonuniylashtirishda tajribaning mavjudligi;
- RRL qurish uchun radioto‘lqinlar boshqaruvini bilish;
- RRL rejalashtirishda raqamli geografiya axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari, funksiyalar va qo‘llanilishini bilish;
- Antenna-machta inshootlari konstruktiv o‘ziga xosliklari va texnik xususiyatlarini va antenna-fider uskunalarini o‘rnatish va foydalanishning asosiy tamoyillarini bilish;
- Ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish, ishbilarmonlik muloqotining axloq qoidalarini bilish.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish