Radiokirish tarmog‘ini rejalashtirish guruhining Rahbari

Chop etish versiyasi

Talablar: 

  • Oliy ma’lumot (Telekommunikatsiya, radioeshittirish, televideniye, mobil aloqa);

  • Telekommunikatisya sohasida 5 yildan oshiq ish tajribasi, rahbarlik lavozimida kamida 2 yillik ish tajribasi;

  • ShK ishlashni bilish MS Office, Huawei U2020, Netnemun ZTE, TEMS;

  • O‘zbek va rus tillarini mukammal darajada bilish, texnik ingliz tili, o‘qish va tarjima qilish;

  • Katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zlashtirish qobiliyati;

  • Ofis jihozlari va dasturlari bilan ishlash ko‘nikmalari;

  • Uyali tarmoq va telefoniya tuzilmasining asoslarini bilish;

  • Yo‘nalish bo‘yicha sertifikatlar mavjudligi maqsadga muvofiq.


Asosiy lavozim vazifalari:

  • Radiokirish tarmog‘ini rejalashtirish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, hamda radiokirish tarmog‘ini maqbullashtirishda yordam berish;

  • Tavsiyalarni ishlab chiqish va berish, hamda mobil radiokirish tarmog‘i sifatining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar rejasini tayyorlashni nazorat qilish;

  • Kompaniya baza stansiyalarining umumiy nominal rivojlantirish rejasini tayyorlash va kelishish,yangi maydonchalar uchuh izlash hududlarini aniqlash jarayonida, qurilish uchun nomzodlarni tanlashda ishtirok etish;

  • Tarmoq xususiyatlari va muhim ko‘rsatikichlarini rejalashtirilgan ma’lumotlar, hamda tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq tekshirish va nazorat qilish;

  • Radiotarmoq konfiguratsiyasini rejalashtirish jarayonini muvofiqlashtirish (radiokirish uskunalari va baza stansiyalari, baza stansiyalarinin boshqaruvchilarini: uzatuvchilar va boshq. litsenziyalarini qayta taqsimlash), radioqamrovni rivojlantirish.

  • Tashkillashtirish qobiliyatlarining mavjudligi;

  • Rahbarlik lavozimidagi ish tajribasi maqsadga muvofiq.