Tarmoq infratuzilmasini loyihalashtirish va rivojlantirish bo‘limi smeta guruhining yetakchi mutaxassisi

Chop etish versiyasi

Talablar: 

  • Oliy va/yoki o‘rta-maxsus texnik ma’lumot va tayyorgarlik, kamida 3 yillik ish tajribasi ;

  • Qurilish-montaj ishlarini bajarishning texnik shartlari va bajarilish jadvalini bilish ;

  • Qurilish materiallarining standartlari, texnik shartlari, qismlari, konstruksiyalarini bilish;

  • Qurilish me’yorlari va qoidalarini bilish;

  • Ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari va qurilish-montaj ishlarini olib borish usullarining asoslarini bilish;

  • Qurilishi yakunlangan obyektlarni qabul qilish tartibi va ularning sifatini nazorat qilish tartiblarini bilish;

  • Loyiha-smeta va boshqa texnik hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini bilish.


Asosiy lavozim vazifalari:

  • Loyiha hujjatlari asosida yangi baza stansiyalarining infratuzilmasini tashkillashtirish, amaldagi texnologik maydonchalarni rekonstruksiya qilishga smeta hujjatlarini tuzish;

  • Avariyaviy-tiklash ishlari nuqson dalolatnomalari, yangi va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarda ishlarni bajarishda aniqlangan qo‘shimcha ishlarni ko‘rib chiqish va tahlil qilish;

  • Narxlar va ishlarning hajmi o‘zgarganda smeta hisob-kitoblariga tegishli aniqlashtirish va tuzatishlar kiritish;

  • Smeta hisob-kitoblari ekspertizasini o‘tkazishga buyurtmalarni shakllantirish va rasmiylashtirish;

  • Smetalarni pudratchi tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish, bajarilgan ishlarning aktlarini tekshirish;

  • Smeta hujjatlarining hisobini olib borish, namunaviy smetalarni yaratish maqsadida, vaqti-vaqti bilan qaytariladigan ishlarning smeta hisob-kitoblarini tizimlashtirish.