Bosh energetik bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Chop etish versiyasi

Talablar:

  • Oliy texnik ma’lumot (Muhandis – energetik, elektr tarmoqlaridan foydalanish, energoaudit, iqtisod kurslarining sertifikati bo‘lishi maqsadga muvofiq);

  • Elektr tarmoqlarida muhandis lavozimlaridagi ish tajribasi, energetik xo‘jalikni bosh energetik sifatida boshqarishda kamida 3 yillik ish tajribasi;

  • O‘zbek va rus tillarini mukammal darajada bilish. Texnik ingliz tili maqsadga muvofiq, savodli og‘zaki nutq, katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zlashtirish qobiliyati, ofis jihozlari va DT bilan ishlash ko‘nikmalari;

  • ShK tajribali foydalanuvchisi (MS Word, Excel, Internet, Outlook).

Asosiy lavozim vazifalari:

  • Elektr energiyasidan foydalanishning samardorlik ko‘rsatkichlarini belgilash va energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha iqtisodiy asoslangan choralarni ishlab chiqish maqsadida, kompaniya obyektlarining energetik ko‘riklarini o‘tkazish.

  • Tashkilotning energiyadan foydalanishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha xarajatlar ulushini va xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini baholash.

  • Energetik xo‘jalikni istiqbolli rivojlantirish, iqlimiy texnika va generator qurilmalari ishlashining samaradorligini oshirish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, energetik xo‘jalikni rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, YMM va elektr iste’mol qilish jarayonlarini avtomatizatsiyalashtirish vositalarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni kiritish.   Aniqlangan energiya tejash imkoniyatlarini amalga oshirish uchun samarali tadbirlarni ishlab chiqish.

  • Energiya bilan ta’minlashning butun tizimi va uning alohida qismlarining holatini, ularning ishlash tartibini, energiya xo‘jaligi faoliyatining me’yoriy va haqiqatdagi ko‘rsatkichlari muvofiqligini baholash uchun energiya xo‘jaligi va uning alohida bo‘linmalari ishlashining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.

  • BEB barcha uskunalarining saqlanganligini monitoring qilish. Energiya uskunalarini sinash va tarmoqlarni ishga tushurishda ishtirok etish.

  • Tashkilotdagi energiya uskunalarini saqlash, mavjudligi va harakatini hisobga olish, hamda elektr energiyasi va yoqilg‘i sarfi, energiya xo‘jaligi ishlashishining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, avariyalar va ularning sabablarini hisobga olish va tahlil qilish.

  • Uchinchi tashkilotlar bilan tashkilotni elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha tuziladigan shartnomalarini monitoring qilish.

  • Energiya uskunalari, materiallar, ehtiyot qismlarini xarid qilishga talabnomalar va ular uchun zarur hisob-kitoblarni tuzish.