SDH foydalanish guruhining katta mutaxassisi

Chop etish versiyasi

Asosiy lavozim vazifalari:

  • «UMS» MChJ tarmoq uskunalarini ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkillashtirish va ta’minlash, «UMS» MChJ uyali aloqa tarmog‘ini O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va «UMS» MChJ amaldagi mahalliy hujjatlariga muvofiq amaliy boshqarishda ishtirok etish;

  • Taqdim etilayotgan uyali aloqa xizmatlarining sifat me’yorlari va tarmoq uskunalarining va inshootlarining avariyasiz faoliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;

  • Aloqaning ishonchliligi, barqarorligi va moslashuvchanligi bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash, TFD TTFB SDH FG masalalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • Birlamchi hisoblashlar va hisobotlarning olib borilishini tashkillashtirish va ta’minlash, uyali aloqa tizimi va uskunalari ishlashini tahlil qilish.

 

Talablar:

  • Oliy texnik ma’lumot;

  • Soha bo‘yicha kamida 5 yil ish tajribasi;

  • Uyali aloqa tizimi uskunalari kompleksidan foydalanish bo‘yicha qoida, qo‘llanma, qaror va me’yorlarni bilish;

  • Uyali aloqa tizimi uskunalarining ishlash tamoyillari va algoritmlarini, elektr aloqa tarmoqlari bilan o‘zaro faoliyat olib borish tamoyillarini bilish;

  • Hisoblash texnikalaridan foydalanish qoidalarini bilish.