Elektr energiyasini hisobga olish guruhining katta mutaxassisi

Chop etish versiyasi

Asosiy lavozim vazifalari:

  • Uskunalarni ko‘zdan kechirish maqsadida, obyektlarga rejaga muvofiq o‘z vaqtida tashrif buyurish, nozoslik aniqlanganda, yuqori rahbariyatga xabar qilish;
  • Obyektlar bo‘yicha har oylik elektr energiyasi sarflanishining hisobini olib borish, texnik hamrohlik guruhiga elektr energiyasining sarflanishi bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni taqdim qilish;
  • Obyektlar tomonidan foydalanilayorgan elektr energiyasi uchun to‘lovni nazorat qilish va ular bo‘yicha to‘lov hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish;
  • Elektr energiyasini yetkazish, texnik xizmat ko‘rsatish va obyektlarni quvvat bilan ta’minlash bilan bog‘liq ruxsat beruvchi hujjatlar bo‘yicha shartnomalarni tuzish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish.

 

Talablar:

  • Oliy texnik ma’lumot, soha bo‘yicha kamida 2 yil ish tajribasi yoki o‘rta-texnik ma’lumot soha bo‘yicha kamida 5 yil ish tajribasi;

  • Energetikaga tegishli qismdagi qonunlar, qarorlar, buyruqlar, yuqori turuvchi organlarning farmoyishlarini bilish;

  • Texnologik obyektlarda o‘rnatilgan, ularga biriktirilgan uskunalardan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar, qoidalar, qo‘llanmalar va ko‘rsatmalarni bilish;

  • Dizel va benzin generatorli qurilmalarining ishlashi va ulardan foydalanishning asosiy tamoyillarini, texnologik obyektlardagi avariyaviy vaziyatlarda ularni yoqish va o‘chirish usullarini bilish.