GPRS va LTE platformalaridan foydalanish bo‘yicha katta mutaxassis

Chop etish versiyasi

Asosiy lavozim vazifalari:

  • Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining texnologik uskunalari majmuasidan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
  • Uyali aloqa xizmatlarini taqdim qilishning sifatini va uskunalarning avariyalarsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish;
  • Birlamchi hisoblash va hisobotlarni olib borish, texnologik uskunalarning ishlashini tahlil qilish, tizim abonentlarining taqdim etilayotgan aloqa xizmatlari bo‘yicha shikoyatlarini tekshirishda ishtirok etish;
  • Tarmoqni loyihalashtirish va qurish masalalari bo‘yicha ishlar va vazifalarning bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish.
  • Ish safarlarining mavjudligi va davriyligi: Ha, hududlarda ishlarni amalga oshirish zarur bo‘lganda.

Talablar:

  • Oliy texnik ma’lumot, aloqa sohasida bo‘lishi maqsadga muvofiq;

  • Ish tajribasi: aloqa, AT sohasida 3 yil;

  • Uyali aloqa tarmog‘ining topologiyasini bilish;

  • TCP/IP protokollari va SS7/Diameter signalizatsiyasi bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘lish;

  • Paketli uzatish, kommutatsiya va datacom uskunalari bilan ishlash tajribasi.