Texnik maydonchalarda ta’mirlash-tiklash xizmatlarini ko‘rsatish guruhining rahbari

Chop etish versiyasi

Lavozim vazifalari:

  • Texnik maydonchalarda o‘lchov ishlarini o‘tkazish, ta’mirlash-qurish ishlariga nuqsonlar aktini tuzish, hamda nuqsonlar aktlarining o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish.

  • Texnik nazorat, haqiqatda bajarilgan ishlarning hajmini va ularning pudratchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan Shakl №2, Shakl №5 bo‘yicha bajarilgan ishlar aktidagi hajmlarga to‘g’ri kelishini tekshirish.

  • Ijro hujjatlari to‘g’ri tuzilganligini va ular o‘z vaqtida taqdim etilishini tekshirish.

  • Ta’mirlash-tiklash ishlari muddat bo‘yicha, o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.

  • Ishlarning turini to‘g’ri aniqlash va smeta hisoblarini SHNK va O‘zR boshqa me’yoriy-huquqiy me’yorlariga muvofiq ravishda tayyorlash.

  • Umumiy qurilish va ta’mirlash-foydalanish ishlari uchun materiallar xarajatining me’yorlarini Davlar arxitektura qurilish yoki boshqa rasmiy manbalarning talablariga mos ravishga keltirish.

  • Hisobotlarni yuritish, ta’mirlash-qurish ishlarining byudjetni oldindan chamalash va rejalashtirish

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (sanoat va fuqarolik qurilishi)

  • Rahbar lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasi (PTO muhandisi, smeta tuzuvchi, texnik nazorat muhandisi)

  • Qurilish-montajlash, ta’mirlash va tiklash ishlarini olib borish tartiblarini bilish

  • SHNK, SMvQ bilish

  • O‘lchov ishlarini o‘kazish va qurilish ishlarining hajmini hisoblash tajribasi

  • Qurilishi tugallangan inshootlarni qabul qilish tajribasi

  • Microsoft Office (Excel, Word, Outlook, Power Point) tajribali foydalanuvchisi, fornulalar, makroslar,massivlar,grafiklar bilan ishlash.

Rezyumeingizni rabota@mobi.uz manziliga yuboring yoki onlayn shaklni to'ldiring.