Toshkent shahridagi kommutatsiya kichik tizimidan foydalanish-texnik quvvatlash funksional guruhining yetakchi mutaxassisi

Chop etish versiyasi

Asosiy lavozim vazifalari:

  • kommutatsiya uskunalaridan foydalanilishini texnik quvvatlash;

  • kommutatsiya uskunalarini nazorat qilish, ularning konfiguratsiyasiga o‘zgartishlar kiritish, stansiya ma’lumotlarining yagona modeli yuritilishini ta’minlash;

  • foydalanishga oid vazifalarni hal etish doirasida kommutatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchilarning texnik xizmatlari hamda texnik quvvatlash markazlari bilan hamjihat ish olib borish;

  • kommutatsiya uskunalariga dasturiy tuzatishlar o‘rnatish va o‘rnatilishini nazorat qilish;

  • texnik yechimlarni tahlil qilish hamda yangi funksiyalar va xizmatlar ishlab turgan kommutatsiya uskunalarida joriy etilishini texnik jihatdan ta’minlash;

  • kommutatsiya uskunalari, xizmatlar va servislar bilan bog‘liq noxush hodisali vaziyatlarni hal etish;

  • mintaqalardagi xizmat ko‘rsatish markazlarida avariya holatlari yuzaga kelganda texnik quvvatlash va harakatlarni muvofiqlashtirish;

  • yangi ishga tushirilayotgan kommutatsiya uskunalarini qabul qilish-topshirish sinovlarida qatnashish.

Ma’lumoti:

Oliy texnik ma’lumot (telekommunikatsiyalar sohasida bo‘lgani yaxshiroq).

Ish tajribasi (muddat, soha, qaysi kompaniyalarda):

GSM, UMTS standartlaridagi uyali ko‘chma aloqa tizimlaridan foydalanish borasida 1 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi.

Zarur bilimlar va ko‘nikmalar, sohadan xabardorlik:

  • uyali ko‘chma aloqa tarmoqlari, kommutatsiya tizimlarini qurish prinsiplarini bilish;

  • telekommutatsiya standartlari va protokollarini (ISUP, SIP, BICC, CAMEL, MAR, DIAMETER, TCP/IP, Sigtran va boshqalarni) bilish hamda ular bilan ishlay olish;

  • kommutatsiya uskunalari, uyali ko‘chma aloqa tarmoqlaridan texnik foydalanish prinsiplarini bilish;

  • mobil aloqa tarmoqlarining kommutatsiya uskunalarini konfiguratsiyalash ko‘nikmalari;

  • chet tillar: ingliz tili (texnik adabiyotlarni o‘qish, yetkazib beruvchilar bilan texnik masalalarni hal qilish uchun yetarli darajada).

CISCO, Huawei tarmoq texnologiyalari va uskunalarini (marshrutizatorlar, kommutatorlarni), Windows, Unix, Linux operatsion tizimlarini bilgani ma’qulroq.

Chet tillar: ingliz tili (texnik adabiyotlarni o‘qish uchun yetarli darajada).

Lavozim vazifalarini muvvaffaqiyatli bajarish uchun zarur shaxsiy sifatlar:

mas’uliyatlilik, halollik, chiqishimlilik, tahliliy fikrlash.

Shaxsiy komputerni bilish (dasturlar):

ekspert darajasi, MS Office dasturlarini bilish.

Rezyumeingizni rabota@mobi.uz manziliga yuboring yoki onlayn shaklni to'ldiring.