Elektr taʼminoti tizimlari, akkumulyator batareyalari va quyosh fotoelektr stansiyalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis (Jizzax sh.)
Vazifalar:
-
o‘z tasarrufidagi uzluksiz elektr taʼminoti tizimlari, akkumulyator batareyalari va quyosh fotoelektr stansiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ulardan to‘g‘ri foydalanishni taʼminlash, mobil aloqa tarmog‘i uskunalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida ularning ishlash sifatini nazorat qilish;
-
bevosita rahbarning topshirig‘iga ko‘ra “UMS” MChJ obyektlari va tayanch stansiyalarida uzluksiz elektr taʼminoti tizimlari hamda akkumulyator batareyalari uskunalarini montaj va demontaj qilish;
-
uzluksiz elektr taʼminoti tizimlari va akkumulyator batareyalari uskunalarining mavjudligi va harakati bo‘yicha operativ hisob yuritish, obyektlar kesimida ularni inventarizatsiya qilishda ishtirok etish;
-
uzluksiz elektr taʼminoti tizimlari, akkumulyator batareyalari va quyosh fotoelektr stansiyalari uskunalari, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar va moslamalarning hisobi, butligi hamda saqlanishini, shuningdek o‘rnatishga tayyor, texnik jihatdan soz zaxira uskunalarining mavjudligini taʼminlash;
-
mavjud va yangi qurilayotgan obyektlarda Bosh energetik guruhi (BEG) vakolatiga kiruvchi ish turlari bo‘yicha pudratchi tashkilotlar va BEG xodimlari tomonidan akkumulyator batareyalari hamda quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha olib borilayotgan montaj ishlarini texnik nazorat qilish;
-
texnologik obyektlarda profilaktika va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilish.
Talablar:
-
oliy yoki o‘rta texnik maʼlumot;
-
elektr uskunalaridan foydalanish va ularni montaj qilish, elektr asboblari hamda generator uskunalari bilan ishlash tajribasi;
-
o‘zbek va rus tillarini erkin bilish, og‘zaki nutqning savodli bo‘lishi;
-
hujjatlar va ofis texnikasi bilan ishlash ko‘nikmalari, kompyuter savodxonligi;
-
transport vositasini boshqarish ko‘nikmalari;
-
mobillik.
Shartlar:
-
qulay ofis;
-
taʼlim olish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati;
-
kafolatlangan oylik maosh va KPI ko‘rsatkichlariga erishganlik uchun mukofotlar;
-
ijtimoiy paket: mobil aloqa va ixtiyoriy tibbiy sug‘urta.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish