Mehnat muhofazasi funksional guruhining katta mutaxassisi

Chop etish versiyasi

Talablar:

  • Oliy texnik ma’lumot;

  • O‘xshash yo‘nalishda kamida 1 yillik ish tajribasi;

  • Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini bilish;

  • Kadrlar bilan ish yuritish nazariyoti va ish tartiblarini, O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi va mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa me'yoriy hujjatlarni bilish;

  • Dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish qoida va tartiblarini bilish;

  • Is’temolchilar elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalarini bilish (matnda keyingi o‘rinlarda - «ITF»);

  • Mehnat xavfsizligi standartlari tizimlari, ISO standartlari talablarini bilish.

 

Asosiy lavozim vazifalari:

  • Kompaniyada butun Respubliksa bo‘yicha mehnatni muhofaza qilishni tashkillashtirish ustidan amaliy va uslubiy boshqaruv.

  • Butun Kompaniya bo‘yicha mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat muhofazasi bo‘yicha qoida, me’yor va yo‘riqnomalarga, sanoat sanitariyasi, mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonunga rioya qilinishi, hamda yuqori turuvchi tashkilotlar, mehnat texnik inspektorlari, sanitar nazorat organlari, O‘zenergonazorat va boshq. buyruqlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

  • Mehnat muhofazasi bo‘yicha rejalar va tadbirlar bajarilishining nazorati, mehnat muhofazasi bo‘yicha byudjetni tuzish.

  • Yangi aloqa obyektlarini qabul qilish bo‘yicha ishchi komissiyada ishtirok etadi.

  • Tashkilotning saqlovchi, himoyalovchi vosita va uskunalar, maxsus kiyim, oyoq kiyimdagi ehtiyojlarini o‘rganadi va ularning ishlatilishi hamda o‘z vaqtida ta’minlanishini nazorat qiladi, maxsus kiyim, oyoq kiyim, shaxsiy himoya vositalarini xarid qilish uchun texnik vazifani tayyorlash.

  • Ish joylarining mehnat sharoitlari va uskunalarning shikast yetkazish xavfi bo‘yicha attestatsiyasini tashkillashtirish va o‘tkazishda ishtirok etish.

  • Zararli va xavfli mehnat sharoitlari bilan ishlovchi shaxslarni aniqlash bo‘yicha tayyorgarchilik ishlarini shakllantiradi, «UMS» MChJ davriy tibbiy ko‘rigini o‘tkazishning kalendar rejasini birgalikda tuzishda ishtirok etadi.