Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Imtiyoz va badallar guruhi rahbari

Talablar:

  • Oliy ma’lumot.
  • Rejalashtirish va byudjetlashtirish tizimi, KPI mukofotlash tizimi bilan ishlashda kamida 5 yillik ish tajribasi, badallar va imtiyozlar uslubiyotini bilish;
  • Lavozimlarni baholash, greydlash, oylik maoshlarni o‘rganish, ko‘rib chiqish ishlaridagi malakalar;
  • ShK ishonchli foydalanish darajasi (MSWord, MSExcel,1C, PowerPoint)

Asosiy lavozim vazifalari:

  • Xodimlarni mukofotlash sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini tahlil qilish va nazorat qilish;
  • Ishlab chiqilgan kompaniya mehnat uchun to‘lov va ishchilarni rag‘batlantirish tizimlarini amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • Mehnat bozorini monitoring qilish (oylik maosh, ijtimoiy to‘plamlarni ko‘rib chiqish);
  • Xodimlar faoliyatining har yillik (yillik va yarim yillik) baholanishini tashkillashtirish va o‘tkazish;
  • Xodimlarga yarim yillik va yillik samaradorlikni baholash natijalari bo‘yicha mukofotni hisoblash;
  • Xodimlar mukofotlarini hisoblash va rag‘batlantirish, bonus, KPI sxemalari va Kompaniya amaldagi normativ hujjatlariga muvofiq mukofotni hisoblash uchun ma’lumotlar bazasini yuritish;
  • Byudjetlashtirish jarayonini boshqarish;
  • Xodimlar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish dasturlari;
  • Xodimlar soni va samaradorligini boshqarish, hamda xarajatlarning maqbul darajasini ushlab turish uchun mas’uliyat.
Ro'yxatga qaytish