Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Radiokirish tarmog‘ini maqbullashtirish guruhi mutaxassisi (Andijon shahri)

Asosiy lavozim vazifalari: 

  • Radiokirish tarmog‘ini maqbullashtirish bo‘yicha ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazilishini ta’minlash;

  • Tarmoqni maqbullashtirish, tarmoqdan foydalanish, abonent shikoyatlari bo‘yicha, taqqoshlash dala sinashlari bo‘yicha dala sinashlarini o‘tkazish;

  • Tarmoqni maqbullashtirish, tarmoqdan foydalanish, abonent shikoyatlari bo‘yicha, taqqoshlash dala sinashlari bo‘yicha dala sinashlarini o‘tkazish hisobotlarining o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash;

  • Radiokirish tarmog‘ini maqbullashtirish masalalari bo‘yicha tegishli texnik hujjatlarning yuritilishini ta’minlash;​​​​​​​

  • Abonentlar shikoyatlari bo‘yicha UMS MChJ xodimlari guruhi tarkibida ham, davlat organlari bilan birgalikda ham tekshirib yurish ishlarida ishtirok etish;

  • Kundalik ravishda radio ostki tizim uskunalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarning tahlilini o‘tkazish, tarmoq ishlashining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashni tashkillashtirish va bu ishlarda ishtirok erish;​​​​​​​

  • Lavozim majburiyatlari va vakolatlar doirasida bevosita yoki yuqori turuvchi rahbarning xizmat topshiriqlarini bajarish.


Talablar:

  • Oliy ma’lumot (Telekommunikatsiya, radioeshittirish, televideniye, mobil aloqa);

 

Bilimlar:

  • Uyali aloqa tizimi uskunalari majmuasidan foydalanish bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar nizom va me’yorlarni bilish;

  • Uyali aloqa tizimining ishlash algoritmlari va tamoyili, radio ostki uskunalari bloklari va qurilmalarining funksional sxemalari, o‘zaro ishlash tamoyillari;

  • Ofis texnikasi va dasturlar bilan ishlash qobiliyati;

  • Uyali tarmoqlar va telefoniya tuzilishining asoslarini bilish;

  • Yo‘nalish bo‘yicha sertifikatlar ma’qullanadi.

Ro'yxatga qaytish