Lavozim vazifalari:
- Hamkorlar va tijoriy vakillarning amaldagi va yangi savdo nuqtalari, aloqa salonlarining ichki va tashqi reklamalari Kompaniya tomonidan tasdiqlangan standartlarga muvofiqligi bo‘yicha tizimli ravishdagi tekshiruvlarni amalga oshirish;
- Hamkorlar va tijoriy vakillardan hisobotlar, shartnomalar, ariza va takliflarni qabul qilish;
- Kompaniya yangi xizmatlari va mahsulotlarining hamkorlar va tijoriy vakillarning savdo nuqtalari orqali tezkorlik bilan tatbiq etilishini ta’minlash;
- Hamkorlar va tijoriy vakillarning savdo nuqtalarining monitoringini o‘tkazish, ularning ishlashi va rivojlanishini tahlil qilish;
- Kompaniya abonentlariga tijoriy vakillar va hamkorlarning savdo nuqtalarida xizmat ko‘rsatilishining sifatini nazorat qilish.
Talablar:
- Oliy, o‘rta-maxsus ma’lumot;
- O‘zbek va rus tillarini bilish;
- Shaxsiy kompyuterning tajribali foydalanuvchisi;
- Telekommunikatsiya sohasida ish tajribasi bo‘lishi maqsadga muvofiq;
- Yaxshi tashkilotchilik qobiliyatlari,tashabbuskorlik;
- Katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zlashtirish qobiliyati;
- Savodli og’zaki nutq