Majburiyatlar:
- Ofis savdolari va xizmat ko‘rsatish guruhi faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishini ta’minlash;
- Abonentlar qoniqish darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish asosida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- «UMS» MChJ xizmatlari va tarif rejalari bo‘yicha abonentlarga maslahat berish, xizmatlarning imkoniyatlarini namoyish etish hamda zarur sozlamalarni amalga oshirish;
- «UMS» MChJning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish va tuzish;
- «UMS» MChJ abonentlariga servis xizmatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatishni ta’minlash.
Talablar:
- Oliy ma’lumot;
- Abonentlarga xizmat ko‘rsatish yoki savdo sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
- Savdo texnikalari, nizolarni boshqarish va xodimlarni boshqarish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish.
Shartlar:
- 5 kunlik ish haftasi;
- O‘qish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati;
- Kafolatlangan oylik ish haqi + KPI ko‘rsatkichlariga erishilishiga qarab mukofotlar;
- Ijtimoiy paket: korporativ mobil aloqa va DMS.
Asosiy ko‘nikmalar:
- Rus tili — C1 (yuqori daraja);
- O‘zbek tili — C1 (yuqori daraja).
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish