Sud-da’vo ishlari bo’yicha katta huquqshunos - maslahatchi

Chop etish versiyasi

Lavozim vazifalari:

  • Da’vo loyihalarini, da’vo arizalarini, shikoyat arizalarini, rasmiy iltimoslar va boshqa sud ishlari bilan bog’liq hujjatlarni tayyorlash;
  • Xatlarga javoblar loyihalari, murojaatlar, topshiriqlar va huquqiy dalolatnomalar, aloqa sohasidagi nazorat inspeksiyasi, boshqa davlat idora va tashkilotlari, aloqa operatori bilan bog’liqlikni amalga oshiradigan, hamda huquqni nazorat va himoya qilish idoralari bilan bog’liq loyihalarni tayyorlash. Huquqni himoya qilish idoralari tomonidan o’tkaziladigan chora-tadbirlarda ishtirok etish, ishchilarga operativ tarzda maslahatlar berish, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan bog’liq savollarga javob topishda yordam berish, tekshiruvlarda ishtirok etish, dalolatnomalarni o’rganish va ularga e’tirozlar tayyorlash;
  • Sud organlarida kompaniya manfaatlarini ko’rsatish;
  • Huquqni himoya va nazorat qilish organlarida kompaniya manfaatlarini ko’rsatish;
  • Sud me’yoriy xujjatlarini qonunchilikdagi o’zgarishlarning monitoringini amalga oshirish;
  • O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini monitoring qilish va o’rganish;
  • Boshqa yuridik shaxslar va fuqarolar bilan muzokaralar o’tkazishda ishtirok etish;
  • Huquqiy xarakterga ega bo’lgan hujjatlarni tayyorlash.

Talablar:

  • Oliy yuridik ma’lumot;
  • MS Office, Norma, Lex.uz dasturiy mahsulotlardan foydalana olish;
  • Tirishqoqlik, mas’uliyatlilik, faollik

Rezyumeingizni rabota@myums.uz; abondarenko@myums.uz manziliga yuboring yoki onlayn shaklni to'ldiring.