Billingni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tariflash va platformalar guruhining katta mutaxassisi

Chop etish versiyasi

Lavozim vazifalari:

  • «Abonentlarni tariflash» servisini qo‘llab-quvvatlash va uning ishlash qobiliyatini maqbullashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish;

  • Tariflash guruhlari va platformalari amaliy faoliyatining samaradorligini oshirish;

  • Billing tizimidagi avariyaviy holatlarni aniqlash va tuzatish;

  • Billing tizimlarini tahlil qilish va loglari/treyslarini olish;

  • Yechimdagi muammoli joylarni faol izlashni ta’minlash va vaqtinchalik, keyin esa doimiy yechimlarni ishlab chiqish;

  • Muammolarni hal qilish va yangi xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida billingni ishlab chiqaruvchilari (texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi) bilan aloqada bo‘lish;

  • Biznes-buyurtmachining loyihalari bo‘yicha ishlash, talablarni amalga oshirish rejalarini ishlab chiqish;

  • Sinov va haqiqiy sharoitlarda topshirish-qabul qilish sinovlarini o‘tkazish.

Talablar:

  • Oliy texnik yoki o‘rta maxsus ma’lumot;

  • AT sohasida kamida 2 yil ish tajribasi;

  • AT- infratuzilmasining billing jarayonlarini bilish, ularni ishlatish tajribasi;

  • SQL-kabi (Oracle, Vertica, MySQL) so‘rov tillarini bilish;

  • Aloqa xizmatlarini tariflash tamoyillarini tushunish;

  • ITSM tamoyillari, buyurtmachilarga AT xizmatlarini taqdim qilish jarayonlarini tushunish;

  • Diagnostika va monitoring tadbirlari haqida boshlang’ich bilimlarga ega bo‘lish;

  • Funksional dasturlash tajribasi;

  • Pre-Intermediate darajasidagi texnik ingliz tili

Rezyumeingizni rabota@mobi.uz manziliga yuboring yoki onlayn shaklni to'ldiring.