Tarmoq infratuzilmasini boshqarish bo‘yicha katta mutaxassis

Chop etish versiyasi

Lavozim vazifalari:

  • Korporativ tarmoqni boshqarish;

  • Tarmoq uskunalarini sozlash;

  • Tarmoqlardagi nosozliklarni aniqlash va tuzatish;

  • Tarmoqdagi nosozliklarga nisbatan barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘tkazish;

  • Tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish;

  • Tarmoq xavfsizligi bo‘yicha yechimlarni ishlab chiqish va tatbiq etish;

  • Foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga maslahatlar berish;

  • Hujjatlarni yuritish

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (Aloqa, Telekommunikatsiya)

  • Sertifikatlarning mavjudligi – maqsadga muvofiq

  • AT sohasidagi turli xil vendorlarning tarmoq uskunalari bilan ishlash tajribasi

  • Mahalliy tarmoqlarning asoslarini bilish(TCP/IP stek protokollari, tarmoq uskunalari, mahalliy hisoblovchi tarmoqlarning tuzilish tamoyillari)

  • Taqsimlangan tarmoqlarni loyihalashtirish va/yoki qo‘llab-quvvatlash tajribasi.

  • Texnik hujjatlarni tayyorlash tajribasiga ega bo‘lish.

  • Jamoada ishlay olish, tez o‘rganuvchanlik, kirishimlilik, masuliyatlilik

  • Yangi DT va uskunalarini mustaqil ravishda tushunib olish qobiliyati, bilim darajasini oshirishga bo‘lgan xohish

Rezyumeingizni rabota@mobi.uz manziliga yuboring yoki onlayn shaklni to'ldiring.