Ichki auditor
Chop etish versiyasiLavozim vazifalari:
-
auditlarda qatnashish – auditorlik protseduralarini bajarish, ish natijalarini hujjatlashtirish, tekshiruvlar natijalari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash;
-
o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish rejalarini monitoring qilish;
-
“Ishonch telefoni” orqali tushgan xabarlar bilan ishlash;
-
Ichki nazorat va audit guruhi rahbarining topshiriqlarini bajarish.
Asosiy talablar:
-
oliy iqtisodiy va/yoki moliyaviy ma’lumot;
-
buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida (jumladan, o‘rindoshlik asosida) oxirgi o‘n yil ichida kamida ikki yillik amaliy ish tajribasi;
-
ichki/tashqi auditlar, biznes-jarayonlar auditini o‘tkazish tajribasi;
-
IIA standartlarini hamda ichki nazorat va biznes-jarayonlar samaradorligini baholash sohasidagi umumiy tan olingan metodikalarni bilish;
-
ichki auditorning amaldagi sertifikati bo‘lishi;
-
MS Office (Word, Exel, PowerPoint, Outlook) to‘plamiga kirgan dasturiy mahsulotlardan foydalana olish;
-
muzokaralarni samarali yurita olish, o‘z nuqtai nazarini asosli himoya qilish;
-
jamoada ishlay olish;
-
mas’uliyatlilik, tirishqoqlik;
-
ingliz tilini bilish.
Rezyumeingizni rabota@mobi.uz manziliga yuboring yoki onlayn shaklni to'ldiring.