Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Ichki nazorat tizimlari bo‘limining yetakchi iqtisodchisi

Asosiy lavozim vazifalari:

  • Kompaniyaning asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini baholash va operatsion jarayonlar samaradorligini aniqlash maqsadida amaldagi biznes jarayonlarni (ishlab chiqarish, tijorat, xarid va boshqaruv) tekshirish va tahlil qilish;

  • Kompaniya faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni shakllantirish;

  • Xo‘jalik faoliyati xavf-xatarlarini samarali boshqarish;

  • Soliq, statistika va moliyaviy hisobotlar hamda buxgalteriya hisobi yuritilishining to‘liqligi, o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilganligini tekshirish.

 

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (moliya/iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha);

  • Kamida 2 yillik ish tajribasi;

  • Kompyuter savodxonligi: 1C Buxgalteriya, Bank-kliyent, MS Office (Excel, Word, PowerPoint);

  • Rus va o‘zbek tillarini bilish;

  • DipIFR kursi bo‘yicha imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlik sertifikati mavjudligi (maqsadga muvofiq).

Ro'yxatga qaytish