Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Ichki nazorat va audit guruhi rahbari

Lavozim vazifalari:

  • Korxonaning va uning alohida bo‘linmalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirilgan / rejadan tashqari tekshiruvlarini o‘tkazishni amalga oshirish;
  • Xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish;
  • Korxona boshqaruv tizimining samaradorligi va shaffofligini monitoring qilishni amalga oshiradi;
  • Tarkibiy bo‘linmalar va korxona xodimlarining motivatsiya KPI-larini tanlab nazorat qilishni tashkil etadi;
  • Korrupsiyaga qarshi qonunchilikka rioya qilinishini nazorat qiladi.

Asosiy talablar:

  • Oliy iqtisodiy va/yoki moliyaviy ma’lumot;
  • Buxgalteriya hisobi / audit / moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Xalqaro audit standartlari va ichki nazorat metodikasini bilish;
  • Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari va talablarini bilish;
  • Moliyaviy hisobot ustidan nazorat sohasidagi talablar;
  • Ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lish.
Ro'yxatga qaytish