Asosiy lavozim vazifalari:
-
Bo‘limning faoliyatini muvofiqlashtirish;
-
Kompaniyaning muhim ko‘rsatkichlari, amaliyot jarayonlarining samaradorligini baholash, hamda kompaniya faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tavsiyalarni shakllantirish maqsadida, amaldagi biznes jarayonlarni (ishlab chiqarish, tijorat, xaridalar va boshqaruv) tekshirish va tahlil qilish.
-
Xo‘jalik faoliyatining xatarlarini samarali boshqarishini amalga oshirish;
-
Soliq, statistika va moliyaviy hisobotlarni tekshirish, buxgalterlik hisobini to‘liqligi, o‘z vaqtida olib borilishi va to‘g‘riligi bo‘yicha yuritish;
-
Kompaniya debitor qarzdorligini boshqarishning samarali, shaffof va nazorat qilinadigan tizimini yaratish. Debitor qarzdorlikni boshqarish siyosatini yo‘lga qo‘yish va uning ijrosini nazorat qilish, debitor qarzdorlikni boshqarish jarayonlarining samaradorligini tahlil qilish.
Talablar:
-
Oliy ma’lumot - moliya/iqtisod;
-
Auditor sertifikatining mavjudligi (maqsadga muvofiq);
-
Rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik ish tajribasi;
-
Qonunchilik, NHH, hisobni yuritish va hisobotlarning standartlarini bilish (BHMS, MHXS);
-
Microsoft Office, Excel bilimlari – tajribali foydalanuvchi.