Katta iqtisodchi

Chop etish versiyasi

Lavozim vazifalari:

  • Birlamchi hujjatlarning to‘g’ri rasmiylashtirilganligini kundalik ravishda nazorat qilib borish;

  • Moliyaviy hisobotlarning o‘z vaqtida topshirilishini va to‘g’ri ekanligini tekshirish;

  • Tashkilot ichidagi moliyaviy-xo‘jalik tekshiruvlarining natijalari bo‘yicha hisobotlarni rasmiylashtirish, yo‘l qo‘yilgan xatolar va nomuvofiqliklar haqida ma’lumot taqdim qilish;

  • Bevosita yoki yuqorida turuvchi rahbar tomonidan berilgan xizmat bo‘yicha topshiriqlarni lavozim vazifalari va vakolatlar doirasida bajarish.

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (moliya,iqtisod yo‘nalishida);

  • Moliya, iqtisod, buxgalterlik hisobi sohalarida 3 yildan oshiq ish tajribasi.

  • Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) va O‘zR soliq qonunchiligi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;

  • O‘zbek va rus tillarini bilish.

Rezyumeingizni rabota@mobi.uz manziliga yuboring yoki onlayn shaklni to'ldiring.