Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kontragentlarni tekshirish bo‘yicha guruhning yetakchi mutaxassisi

Lavozim vazifalari:

  • Kontragent haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va tekshirish;

  • Ma’lumotlarni to‘plash natijalari bo‘yicha kontragent haqida olingan ma’lumotlar va materiallarni tahlil qilish va kontragent bilan hamkorlikning xatarlarini baholash;

  • Kontragent bilan shartnoma munosabatlariga kirishish holatida «UMS» MCHJ uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar, shu jumladan korrupsion xatarlar mavjudligi/yo‘qligi haqida xulosa tuzish va berish.

  • Tuzilgan shartnomalarni korrupsion omillarni aniqlash maqsadida tahlil qilish;

  • «UMS» MCHJ muddati o‘tib ketgan debitor qarzdorligi, shuningdek kontragentlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining buzilish holatlarining mavjudligi/yo‘qligini tahlil qilish;

  • Korrupsion xatarlar va qoidabuzarliklar haqidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

  • «UMS» MCHJ xodimlarining faoliyatida aniqlangan, korrupsion qoidabuzarliklar bo‘yicha xizmat teshiruvlarida ishtirok etish.

 

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (iqtisod, moliya, yuridik)

  • Tegishli mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 (ikki) yillik ish tajribasi;

  • O‘zbek va rus tillarini bilish

  • MS Word va Excel erkin darajadagi foydalanuvchisi.

 

Shaxsiy sifatlar:

  • Professionallik;

  • Yaxshi muloqot malakalari;

  • So‘zlashuvchanlik;

  • Muloyimlik;

  • Vazminlik va xushmuomalalilik;

  • Tahlil qiluvchi idrok.

Ro'yxatga qaytish