Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Texnik nazorat guruhining yetakchi mutaxassisi

Lavozim majburiyatlari:

  • qurilish-ta’mirlash ishlarini nuqsonlar dalolatnomasiga muvofiq xaridga joylashtirilishi uchun hujjatlar va texnik vazifalarni tayyorlaydi va manfaatdor bo‘linmalarning mutaxassisilari bilan kelishadi.

  • pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining, ishlatilayotgan qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalar va jihozlar sifati, loyiha yechimlari, qurilish normalari talablariga, qoidalarga (SHNK, KMK, SNiP, nuqsonlai dalolatnomasi), texnik sharoitlar, standartlar va sifat sertifikatlari muvofiqligini muntazam ravishda nazorat qiladi.

  • bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va hajmini tekshiradi va tasdiqlaydi.

  • smeta hujjatlari, bajarilgan ishlar dalolatnomalari va hisob-fakturalarni tekshiradi va imzolaydi.

 

Talablar:

  • qurilishda mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi.

  • Microsoft Office (Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint), dasturlarida ishlashni bilish, «Tenqurilish», AutoCad dasturlarini bilish maqsadga muvofiq.

  • o‘zbek va rus tillarini bilish.

Ro'yxatga qaytish