Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Shartnomalarni kuzatib borish guruhi katta mutaxassisi

Majburiyatlari:

  • Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha kontragentlar bilan muzokaralar olib borish.
  • Texnologik maydonchalarni ijaraga olish shartnomalarini o‘z vaqtida tuzish.
  • Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha kontragentlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalarni o‘z vaqtida taqdim etilishiga ko‘maklashish.
  • O‘zaro hamkorlik masalalarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha kontragentlar/ijara beruvchilarning xatlari va murojaatlari bilan ishlash.

Talablar:

  • Ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hamda telekommunikatsiya inshootlari va vositalarini joylashtirish shartnomalarini rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar bilan ishlashga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilish.
  • O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot.

Shartlar:

  • Ish jadvali: 5/2; 09:00 dan 18:00 gacha;
  • Qulay ofis;
  • Malaka oshirish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati.
  • Ijtimoiy to‘plam: Tibbiy sug‘urta va mobil aloqa xizmati.

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish