Binolarni ekspluatatsiya qilish, qurilish va ko‘chmas mulk bo‘limi katta mutaxassisi
Majburiyatlari:
- Elektron hujjatlar, hisobotlar va taqdimotlarni ishlab chiqish, saqlash hamda nazorat qilish.
- SQL, Power BI dasturlarida ishlash, “Power Point”da taqdimotlar tayyorlash.
- Hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini bilish, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ijrosini nazorat qilish. Hujjatlarni saqlashni tashkil etish, elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, elektron arxivni yuritish, hujjatlar ijrosi muddatlarini nazorat qilish hamda kiruvchi yozishmalarga o‘zbek va rus tillarida javoblar tayyorlash. Elektron hujjat aylanishini yuritish.
Talablar:
- Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot!
- Analitik, elektron hujjat aylanishi bo‘yicha mutaxassis.
- Hujjatlarni rasmiylashtirish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ijrosini nazorat qilish qoidalarini bilish. Hujjatlarni saqlashni tashkil etish, elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, elektron arxivni yuritish, shuningdek hujjatlar ijrosi muddatlarini nazorat qilish. Chiroyli va tushunarli husnixatga ega bo‘lish.
- Microsoft Office dasturlari (Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint), Gamma, Power BI, Power Point, SQL dasturlarini bilish. TENKURILISH va AUTOCAD dasturlari bo‘yicha bilimlar mamnuniyat bilan qabul qilinadi
Shartlar:
- Ish jadvali: 5/2; 09:00 dan 18:00 gacha;
- Qulay ofis;
- Malaka oshirish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati;
- Ijtimoiy to‘plam: Tibbiy sug‘urta va mobil aloqa xizmati.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish