O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasida "UMS" MChJning optik tolali aloqa liniyalariga texnik xizmat ko'rsatish va avariya-tiklash ishlarini amalga oshirish berish uchun ma’lumot so‘rovi (RFI) to‘g‘risida xabarnoma.
1. Axborotni o‘rganish so‘rovnomasi (RFI) predmeti: O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasida UMS MChJning optik tolali aloqa liniyalariga texnik xizmat ko'rsatish va avariya-tiklash ishlarini amalga oshirish uchun.
2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)
Tashkilotchining aloqador shaxslari:
- Anarbekov Elaman, eanarbekov@mobi.uz , +(99897) 403 – 82 – 26
3. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.
4. Takliflarni qabul qilish muddati 2026-yil 20 - yanvar soat 15:00 gacha (mahalliy vaqt bilan).
5. Takliflarni elektron shaklda (.pdf) eanarbekov@mobi.uz , elektron pochta manziliga yuborish lozim.
6. Izoh Quyidagi talablarga muvofiq:
Xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi axborotni o‘rganish uchun ochiq so‘rovda (RFI) ishtirok etgan ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.
Tijorat taklifida yetkazib berish muddatlari, yetkazib berish va to'lov shartlari ko'rsatilishi kerak.