"UMS" MChJ ehtiyojlari uchun GSM, UMTS, LTE, 5G uyali signal kuchaytirgichlari va boshqaruv tizimlarini (APC) yetkazib berish uchun ma’lumot so‘rovi (RFI) to‘g‘risida xabarnoma.
1. Axborotni o‘rganish so‘rovnomasi (RFI) predmeti: "UMS" MChJ ehtiyojlari uchun GSM, UMTS, LTE, 5G uyali signal kuchaytirgichlari va boshqaruv tizimlarini (APC) yetkazib berish uchun.
2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)
Tashkilotchining aloqador shaxslari:
- Korochkin Pavel Vladimirovich, pkorochkin@mobi.uz, +(99897) 403 – 82 – 26
3. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.
4. Takliflarni qabul qilish muddati 2026-yil 19 - yanvar soat 15:00 gacha (mahalliy vaqt bilan).
5. Takliflarni elektron shaklda (.pdf) pkorochkin@mobi.uz , elektron pochta manziliga yuborish lozim.
6. Izoh Quyidagi talablarga muvofiq:
Xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi axborotni o‘rganish uchun ochiq so‘rovda (RFI) ishtirok etgan ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.
Tijorat taklifida yetkazib berish muddatlari, yetkazib berish va to'lov shartlari ko'rsatilishi kerak.