“UMS” MChJ bosh ofisi hududidagi mavjud “TP 5338 transformator podstansiyasini” quvvatini oshirgan holda rekonstruksiya qilish uchun loyiha-ishchi va smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash to‘g‘risidagi xabarnoma.
1. Eng yaxshi takliflarni tanlab olish predmeti: “UMS” MChJ bosh ofisi hududidagi mavjud “TP 5338 transformator podstansiyasini” quvvatini oshirgan holda rekonstruksiya qilish uchun loyiha-ishchi va smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni olib borish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish o‘tkazilishini e’lon qiladi.
2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)
Tashkilotchining aloqador shaxslari:
- Qosimov Mirzohid Xamitovich, mkasimov@mobi.uz, +99897 403 – 82 – 21
3. Tanlov va Shartnoma shartlarining batafsil tavsifi - ushbu Xabarnomaning ajralmas ilovasi bo‘lgan Xarid hujjatlarida mavjud.
4. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.
4. Takliflarni qabul qilish muddati - 2026-yil 04 - yanvar soat 16:30, gacha (mahalliy vaqt bilan).
Ishtirokchilar elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmasdan quyidagi havola orqali o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali Tanlov bo‘yicha elektron takliflarni taqdim etadilar: https://etender.uzex.uz/lot/465732, Lot №465732.
6. Xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi eng yaxshi takliflarni tanlab olishda ishtirok etgan Ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.
Ilova:Yuklash