Mobil aloqa tarmog‘i yangi obyektlarida qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash to‘g‘risidagi xabarnoma.
1. Eng yaxshi takliflarni tanlab olish predmeti: Mobil aloqa tarmog‘i yangi obyektlarida qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, mobil aloqa tarmog‘i obyektlarida elektrmontaj ishlari va modernizatsiya bo‘yicha smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda “UMS” MChJning tolali optik aloqa liniyalarini yotqizish bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun ekspertiza o‘tkazish.
2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)
Tashkilotchining aloqador shaxslari:
- Anarbekov Elaman, eanarbekov@mobi.uz , +99897 403 – 82 – 40
3. Tanlov va Shartnoma shartlarining batafsil tavsifi - ushbu Xabarnomaning ajralmas ilovasi bo‘lgan Xarid hujjatlarida mavjud.
4. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.
4. Takliflarni qabul qilish muddati - 2025-yil 30 - dekabr soat 15:51, gacha (mahalliy vaqt bilan).
Ishtirokchilar elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmasdan quyidagi havola orqali o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali Tanlov bo‘yicha elektron takliflarni taqdim etadilar: https://etender.uzex.uz/lot/463692, Lot №463692.
6. Xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi eng yaxshi takliflarni tanlab olishda ishtirok etgan Ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.
Ilova:Yuklash