Biz ijtimoiy tarmoqlarda

UMS MChJ ehtiyojlari uchun mijozlar bilan aloqalarni boshqarish uchun (dasturiy ta'minotdan foydalanish huquqi, joriy etish, yo'riqnoma, dasturiy ta'minotni qo'llab-quvvatlash, kafolat majburiyatlari) bo'yicha ma’lumot so‘rovi (RFI) to‘g‘risida xabarnoma.

1. Axborotni o‘rganish so‘rovnomasi (RFI) predmeti: "UMS" MChJ ehtiyojlari uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish (Customer Relationship Management) shaxsiylashtirilgan dasturiy ta’minot xizmatlarini (dasturiy ta’minotdan foydalanish huquqi, joriy etish, yo‘riqnoma, dasturiy ta’minotga texnik xizmat ko‘rsatish, kafolat majburiyatlarini) xarid qilish uchun.

2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)

Tashkilotchining aloqador shaxslari:

3. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.

4. Takliflarni qabul qilish muddati 2025-yil 21 - oktyabr soat 15:00 gacha (mahalliy vaqt bilan).

5. Takliflarni elektron shaklda (.pdf) mbaraev@mobi.uz ,  elektron pochta manziliga yuborish lozim.

6. Izoh Quyidagi talablarga muvofiq: 

Xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi axborotni o‘rganish uchun ochiq so‘rovda (RFI) ishtirok etgan ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.


Yuklash