“UMS” MChJ ob’ektlarida joylashgan minoralar, ustunlar va temir konstruksiyalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun ma’lumot so‘rovi (RFI) uzaytirilishi to‘g‘risida xabarnoma.
1. Axborotni o‘rganish so‘rovnomasi (RFI) predmeti: Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, O‘rtachirchiq, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Bukin, Quyichirchiq, Pskent, Zangiota tumanlari hamda Yangiyo‘l, Nurafshon, Bekobod shaharlaridagi 2025 - 2026yillari uchun “UMS” MChJ ob’yektlarida joylashgan minoralar, ustunlar va temir konstruksiyalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish.
2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)
Tashkilotchining aloqador shaxslari:
- Korochkin Pavel Vladimirovich, pkorochkin@mobi.uz , +(99897) 403 – 82 – 26
3. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.
4. Takliflarni qabul qilish muddati 2025-yil 29 - sentyabr soat 15:00 gacha (mahalliy vaqt bilan).
5. Takliflarni elektron shaklda (.pdf) pkorochkin@mobi.uz elektron pochta manziliga yuborish lozim.
6. Izoh Quyidagi talablarga muvofiq:
Xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi axborotni o‘rganish uchun ochiq so‘rovda (RFI) ishtirok etgan ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.