«UMS» MChJ ehtiyojlari uchun Jizzax sh.mintaqaviy xizmat ko‘rsatish markazining umumiy sovutish quvvati 150 kVt bo‘lgan uch konturli VRV/VRF konditsionerlash tizimlari b‘oyicha eng yaxshi takliflarni tanlash to‘g‘risidagi xabarnoma.
1. Eng yaxshi takliflarni tanlab olish predmeti: «UMS» MChJ ehtiyojlari uchun Jizzax shahridagi mintaqaviy xizmat ko‘rsatish markazining (MXM) uch qavatli ofis binosidagi uchinchi qavat uchun umumiy sovutish quvvati 150 kVt bo‘lgan uch konturli VRV/VRF konditsionerlash tizimlari (kommutator uchun har biri 55 kVt dan ikki kontur – 4 ta kanalli, havo o‘tkazgichli konditsioner va yetti xona uchun bitta 40 kVt li kontur) uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish bo‘yicha ishlar majmuasini bajarish b‘oyicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish o‘tkazilishini e’lon qiladi.
2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)
Tashkilotchining aloqador shaxslari:
- Qosimov Mirzohid Xamitovich, mkasimov@mobi.uz , +99897 403 – 82 – 21
3. Tanlov va Shartnoma shartlarining batafsil tavsifi - ushbu Xabarnomaning ajralmas ilovasi bo‘lgan Xarid hujjatlarida mavjud.
4. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.
4. Takliflarni qabul qilish muddati - 2026-yil 25 - fevral soat 11:05, gacha (mahalliy vaqt bilan).
Ishtirokchilar elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmasdan quyidagi havola orqali o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali Tanlov bo‘yicha elektron takliflarni taqdim etadilar: https://etender.uzex.uz/lot/469280, Lot №469280.
6. Xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi eng yaxshi takliflarni tanlab olishda ishtirok etgan Ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.
Ilova:Yuklash