«Kelajak mobil aloqasi» respublika ijodiy tanlovini o‘tkazish shartlari

Chop etish versiyasi

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur “Kelajak mobil aloqasi” respublika ijodiy tanlovini (keyingi o‘rinlarda - Tanlov) o‘tkazish shartlari tanlovni o‘tkazish tartibini hamda g‘oliblarni aniqlash mezonlarini belgilaydi.

1.2. Tanlov bir bosqichda o‘tkaziladi.

1.3. Tanlov “Universal Mobile Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – UMS mobil operatori) tomonidan o‘zkaziladi.

2. Tanlov maqsad va vazifalari

2.1. Tanlov O‘zbekiston Respublikasida mobil aloqani yanada rivojlantirish va uni istiqbolli qo‘llashga qaratilgan innovatsion g‘oyalar bilan chiqqan jurnalist va blogerlarni mukofotlashga qaratilgan.

2.2. Tanlov vazifalari:

  • UMS mobil operatorini jurnalist va blogerlar bilan mobil aloqa masalalari bo‘yicha uzoq muddatli hamkorligini kengaytirish va mustahkamlash;

  • uyali aloqadan foydalanish sohalarini kengaytirish bo'yicha innovatsion g‘oya va takliflarni ishlab chiqish uchun platforma yaratish. 

3. Tanlov o‘tkazish muddatlari va shartlari

3.1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan, 16 yoshdan oshgan jurnalist va blogerlar ishtirok etishlari mumkin.

3.2. Tanlovga 2019-yilning 15-yanvaridan 15-iyunigacha  ijtimoiy tarmoqlarga, Internet va bosma nashrlarga joylashtirilgan, audiovizual OAV da uzatilgan rus va o‘zbek tillarida matnli, audio va videomateriallar qabul qilinadi.

3.2. Har bir ishtirokchi xohlagancha materiallar yuborishi mumkin.

3.3. Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchi UMS mobil operatorining rasmiy www.ums.uz saytidan ishtirok uchun talabnomani ko‘chirib olishi va to‘ldirishi, uning yoniga materialni hamda pasport nusxasini qo‘shib taqdim etilishi kerak.

Materiallar pr@myums.uz elektron pochtasiga yuborilishi yoki Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24 manzili bo‘yicha kompaniyaning Bosh ofisiga, Jamoatchilik bilan aloqalar guruhi xodimlariga olib kelinishi kerak.

3.4. Ishtirokchilar talabnomalari 2019-yilning 20-iyunigacha qabul qilinadi. Ushbu sanadan keyin taqdim etilgan materiallar Tanlovda ishtirok etish uchun qo‘yilmaydi.

3.5. Tanlovga yuborilgan materillar tahrir qilinmaydi va mualliflarga qaytarib berilmaydi. Materiallarda keltirib o‘tilgan ma’lumot va faktlar Tanlov yakunlari bo‘yicha tayyorlanadigan nashrlarda material muallifini ko‘rsatgan holda foydalanilishi mumkin.

3.6. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash 2019-yilning 5-iyuligacha  – “UMS” MChJ ning tijoriy faoliyat boshlagan kuni o‘tkaziladi. Marosim bo‘lib o‘tadigan joy: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24-uy. Tadbir bo‘lib o‘tadigan aniq vaqt u o‘tkazilishidan kamida 3 kun avval kompaniyaning rasmiy axborot manbaalari orqali e’lon qilinadi.

3.7. G‘oliblar UMS mobil operatorining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari hamda www.ums.uz saytida e’lon qilinadi.

4.  Materiallarga talablar va baholash mezonlari

4.1. Tanlovga quyidagi materiallar qabul qilinishi mumkin:

  • Internet-resurslariga joylashtirilgan (skrin va havollalarga ega) va/yoki bosma OAV da chop etilgan, tijoriy husussiyatga ega bo‘lmagan va UMS mobil operatorining press-relizlari bo‘lmagan materiallar;

  • efirga uzatilgan, tijoriy husussiyatga ega bo‘lmagan audio- va videomateriallar.

Ushbu talablarga javob bermaydigan materiallarni taqdim etigan ishtirokchi Tanlovdan chetlashtiriladi.

4.2. Materiallar original bo‘lishi, aniq innovatsion g‘oyalarni o‘z ichiga olgan va ularning mazmunini ochib bergan, tatbiq etish uchun mos bo‘lishi kerak. G‘oyalarni hayotga joriy qilishdan erishiladigan iqtisodiy effekt ko‘rsatib berilgan materiallar ustunlikka ega bo‘ladi.

4.3. Keng jamoatchilik e’tiboriga tushgan, O‘zbekiston mobil aloqa sohasi sharoiti uchun innovatsion g‘oyalarga ega, mavzuni yoritishda o‘ziha hos yondashuv bilan yaratilgan materiallar ustunlikka ega bo‘ladi.

4.4. Tanlov ishtirokchilarining materiallari 5 kishidan tashkil topgan hamda Bosh direktor tomonidan tasdiqlangan jyuri tomonidan baholanadi.

4.5. Tanlovga taqdim etilgan har bir material jyuri a’zolari tomonidan kollegial tarzda quyidagi mezonlardan kelib chiqqan holda 15 ballik shkala bo‘yicha baholanadi:

  • dolzabrligi (5 ball);

  • mavzu ochib berilganligi (5 ball);

  • ijodiy yondashuv darajasi (5 ball).

Mezonlar bo‘yicha ballar qo‘shilib, materialga umumiy ball qo‘yiladi. Eng ko‘p ballga ega materiallar mualliflari g‘olibga aylanadilar.

4.6. Agar bitta ishtirokchining bir qancha materiallari eng ko‘p ball to‘plasa, sovrinli o‘rin faqat bitta – eng ko‘p ball to‘plagan material uchun beriladi.

4.7. Agar sovrinli o‘rinlarga da’vogar bo‘lgan bir nechta ishtirokchilarning materiallari bir xil ball to‘plasa, ushbu materiallar jyurining har bir a’zosi tomonidan qayta baholanadi hamda g‘olib ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

4.8. Bitta muallif faqat bitta o‘rin egallashi mumkin.

5.    Tanlov sovrinlari

5.1. Tanlov g‘oliblari diplom va quyidagi qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadilar:

Birinchi o‘rin sohibiga Samsung Galaxy S8 smartfoni* taqdim etiladi.

Ikkinchi o‘rin sohibiga Huawei P Smart smartfoni taqdim etiladi.

Uchinchi o‘rin sohibiga Xiaomi Amazfit BIP smart soati hamda PowerBank 10000 mAh taqdim etiladi.

*Bu va kelasi joylarda – Sovrinlar pul ko‘rinishida berilmaydi hamda boshqa sovrinlar bilan almashtirib berilmaydi.

6.    Boshqa shartlar

6.1. O‘zi haqida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan va/yoki uchinchi shaxslarning mualliflik huquqini buzgan ishtirokchilar bunday holatlar aniqlangan holda Tanlovdan chetlashtiriladi.

6.2. “UMS” MChJ Tanlov ishtirokchilari materiallari mazmuni bo‘yicha uchinchi shaxslar oldida javobgar emas.

6.3. “UMS” MChJ O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari talablariga zid bo‘lgan, haqorat va tuhmatlarni o‘z ichiga olgan, etika va odob-axloq umumiy me’yorlaridan chiqib ketgan, millatlararo totuvlikka raxna soluvchi yoki jamiyat uchun boshqa tahlikalarni o‘z ichiga olgan materiallarni Tanlovda ishtirok uchun qabul qilmaslikka haqli.

6.4. Materiallar tayyorlashda Kompaniya faoliyatiga doir ma’lumotlar kerak bo‘lganda Ishtirokchi UMS mobil operatorining Jamoatchilik bilan aloqalar guruhiga murojaat qilishi mumkin. Bog‘lanish uchun e-mail: pr@myums.uz.

6.5. Sovrinni olish uchun g‘oliblar Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24 manzili bo‘yicha “UMS” MChJ ning Bosh ofisiga murojaat qilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini taqdim etishi kerak.

6.6. Agar g‘olib 2018-yilning 20-dekabrigacha Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24 manzili bo‘yicha “UMS” MChJ ning Bosh ofisiga sovrinni olish uchun murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni taqdim etishdan bosh tortishga haqli. Bunday holatda sovrin “UMS” MChJ ihtiyorida qoladi va qayta o‘ynalmaydi.

6.7. Sovrinlarni rasmiylashtirish/olish jaroyonida g‘olib o‘zining shaxsiy ma’lumotlari va sovrin haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan barcha zaruriy hujjatlarga qo‘l qo‘yishi kerak.

Go‘lib zariruy hujjatlarga qo‘l qo‘yishdan va/yoki yuridik ahamiyatga ega boshqa harakatlarni bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan kerakli hujjatlarni taqdim etmasa, bunday harakat sovrinni olishdan bosh tortish, deya baholanadi.

6.8. G‘olib Toshkent shahrida yashamasa, “UMS” MChJ uning Toshkentga kelish va turish bilan bog‘liq harajatlarini qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

6.9. “UMS” MChJ sovrinlarni olish tartibining shartlari va talablariga to‘laligicha yoki qisman rioya etmagan ishtirokchiga sovrin bermaslik huquqini o‘z zimmasida qoldiradi.

6.10. “UMS” MChJ quyidagilarga javobgar emas:

  • ishtirokchi sovrinni olish uchun zaruriy ma’lumot/hujjatni o‘z aybi bilan yoki o‘ziga va/yoki “UMS” MChJ bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan vaqtida yoki umuman taqdim etmasa;

  • mazkur shartlarda belgilangan majbutiyatlarni vaqtida yoki umuman bajarmasa;

  • Tanlov g‘olibi sovrin olgani kelmaganligi yoki sovrin olishdan bosh tortkanligi uchun sovrinni qo‘lga kiritmasa.


Ro'yxatga qaytish