Mobiuz «Ipak yölidagi turizm» 31-xalqaro turizm yarmarkasida sayohatçilar uçun raqamli yeçimlarni taqdim etmoqda

2026-yilning 25–27-noyabr kunlari Toşkentdagi CAEx Uzbekistan körgazmalar majmuasida Markaziy Osiyodagi eng yirik sohaviy tadbir — “Ipak yölida turizm” 31-Xalqaro turizm yarmarkasi (TITF 2026) bölib ötmoqda. Mobiuz mobil operatori körgazmada özining maxsus stendi bilan iştirok etib, mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uçun zamonaviy telekommunikatsiya mahsulotlari hamda raqamli xizmatlarni taqdim etmoqda.
TITF 2026 xalqaro yarmarkasi 45 ga yaqin mamlakat, 600 dan ortiq xorijiy kompaniya, 20 ga yaqin xalqaro taşkilot hamda Özbekistonning barça hududlari vakillarini birlaştirdi. Tadbir Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi, Milliy PR-markazi hamda “Iteca Exhibitions” körgazma kompaniyasi tomonidan BMT Turizm (UN Tourism) taşkilotining rasmiy kömagida ötkazilmoqda. Uç kunlik dastur doirasida “CAEx Uzbekistan” majmuasida Birinçi xalqaro turizm investitsiya forumi, barqaror turizm böyiça panel sessiyalari hamda B2B formatidagi muzokaralar ham bölib ötmoqda.
Mobiuz’ning yirik sayyohlik körgazmasida iştirok etişi tegişli idora bilan örnatilgan strategik hamkorlikning mantiqiy davomi böldi. 2026-yilning iyul oyida Mobiuz mobil operatori va Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi mehmondöstlik sohasining raqamli infratuzilmasini rivojlantiriş hamda xorijlik sayohatçilar uçun maxsus telekommunikatsiya yeçimlarini işga tuşirişga qaratilgan özaro anglaşuv va hamkorlik memorandumini imzoladilar.
CAEx Uzbekistan pavilyonidagi öz stendida Mobiuz kompaniyasi uşbu hamkorlikdagi işlarning amaliy natijalarini namoyiş etmoqda. Taşrif buyuruvçilar va bozor iştirokçilari eSIM texnologiyasi orqali mobil internetga tezkor ulaniş imkoniyatlari, respublika mehmonlari uçun maxsus tarif takliflari, şuningdek, dunyo böylab sayohat qilayotgan abonentlar uçun rouming yeçimlari bilan batafsil tanişişlari mumkin. Kompaniya mutaxassislari turoperatorlar, mehmonxona biznesi vakillari va xorijiy delegatsiyalarga raqamli aloqa xizmatlarini turistik mahsulotlarga integratsiya qiliş masalalari böyiça maslahatlar bermoqda.
B2B va B2C auditoriyalari uçun mahsulotlar taqdimotidan taşqari, Mobiuz stendi Özbekiston turizm sanoati iştirokçilari hamda xorijiy hamkorlar bilan işbilarmonlik aloqalarini örnatiş va qöşma loyihalarni muhokama qiliş uçun oçiq maydonga aylandi. Işonçli hamda yuqori tezlikdagi aloqa va qulay raqamli vositalar sayohatçilarga navigatsiya, onlayn band qiliş xizmatlaridan bemalol foydalaniş, şuningdek, mamlakatning tarixiy va tabiiy yönalişlari böylab qilingan sayohat taassurotlarini real vaqtda ulaşiş imkonini beradi.
Mehmonlar, sayyohlik biznesi vakillari va hamkorlarni 2026-yil 25–27-noyabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gaça CAEx Uzbekistan majmuasida (Milliy boğ köçasi, 1-uy) bölib ötadigan “Ipak yölida turizm” 31-Xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida Mobiuz stendiga taşrif buyurişga taklif etamiz. Operator jamoasi barça savollarga mamnuniyat bilan javob beradi, aloqa uçun eng maqbul yeçimlarni tanlaşda kömaklaşadi hamda hamkorlikning yangi yönalişlarini muhokama qiladi.