Kiberxavfsizlik haqidagi 5 ta asosiy uydirma: biz nimalarga işonişda davom etmoqdamiz va qanday xavf-xatarlarga duç kelmoqdamiz

Raqamli davr nafaqat qulaylik, balki köplab notöğri qaraşlarni ham olib keldi. Köpçilik haligaça kiberhujumlar faqat yirik korxonalarga tahdid soladi yoki smartfondagi antivirus töliq himoyalaniş uçun yetarli deb hisoblaydi.
Kibermadaniyatni yuksaltiriş oyligi doirasida Mobiuz mobil aloqa operatori işonçli "raqamli immunitet"ni şakllantirişga xalaqit beruvçi ommabop uydirmalarni foş etadi.
1-afsona. "Men heç kimga qiziq emasman, mendan öğirlaydigan heç narsa yöq"
Haqiqat: Firibgarlarni ma’lum bir şaxslar emas, balki katta hajmdagi ma’lumotlar va tezroq pul topiş. Avtomatlaştirilgan botlar va ommaviy tarqatmalar millionlab raqamlar hamda akkauntlarni tasodifiy tartibda tekşirib çiqadi. Hatto böş SIM-karta yoki messenjerdagi yangi profil ham buzib kirilib, tanişlaringizni aldaş yoki spam yuboriş uçun işlatilişi mumkin.
2-afsona. "Firibgarlar har doim texnika daholaridir"
Haqiqat: zamonaviy hujumlarning aksariyati öta murakkab dasturlarga emas, balki psixologiyaga — ijtimoiy muhandislik deb ataladigan usulga tayanadi. Firibgarlar his-tuyğularni öyinçoq qiladi: qörquv uyğotadi ("hisobingiz bloklandi"), sun’iy ravişda şoşiradi ("kodni hoziroq tasdiqlang") yoki odamning oçközligidan foydalanadi ("siz sovrin yutib oldingiz").

3-afsona. "Agar menga rasmiy raqamdan yoki videoaloqa orqali qönğiroq qilişsa, bu aniq firibgarlik bölmaydi"
Haqiqat: Sun’iy intellekt va raqamlarni soxtalaştiriş xizmatlarining rivojlanişi tufayli firibgarlar kiruvçi qönğiroqlarni banklar, aloqa operatorlari va idoralarning raqamlari sifatida taqdim etişni örgandi. Dipfeyk texnologiyalari esa istalgan odamning ovozi yoki hatto videotasvirini yasaş imkonini beradi. Yagona işonçli yöl — qönğiroqni qöyib, tasdiqlangan raqamga özingiz qayta qönğiroq qilişdir.
4-afsona. "Murakkab parol 100% himoyani kafolatlaydi"
Haqiqat: Eng işonçli parol ham, agar u bir vaqtning özida bir neçta saytda işlatilsa yoki firibgarlik sahifasida kiritilsa, kuçsiz hisoblanadi. Bugungi kunda himoyaning asosiy nuqtasi ikki bosqiçli autentifikatsiya (2FA) hisoblanadi. Firibgar parolingizni bilib olgan taqdirda ham, ikkinçi tasdiqlaş bosqiçisiz tizimga kira olmaydi.
5-afsona. "Kiberxavfsizlik murakkab va texnik bilimlarni talab qiladi"
Haqiqat: Ma’lumotlarni himoya qiliş kundalik gigiyena qoidalariga öxşaydi. Notöğri havolalarga kirmaslik, brauzerning manzil panelini tekşiriş, ilovalarni öz vaqtida yangilaş va SMS orqali bir martalik tasdiqlaş kodlarini ulaşmaslik kifoya.
Mobiuz eslatadi: raqamli xavfsizlik — bu bir martalik çora emas, balki doimiy ogohlikdir. Tafsilotlarga e’tiborli böling, ma’lumotlarni tekşiring va şaxsiy ma’lumotlaringizni ehtiyot qiling.