Mobiuz Samarkand Marathon 2026 boş hamkoriga aylandi
2026-yilning 7-8 noyabr kunlari Samarqandda yilning eng yirik sport tadbirlaridan biri - Samarkand Marathon 2026 bölib ötadi. Mobiuz uşbu keng kölamli sport bayramining texnologik ta’minotini öz zimmasiga olib, tadbirning boş hamkori sifatida iştirok etmoqda.
Samarkand Marathon allaqaçon oddiy sport musobaqasi doirasidan çiqib, yirik madaniy va sayyohlik harakatiga aylanib ulgurdi. Samarqandning tarixiy markazi jahon me’moriy merosi fonida öz kuçini sinab körişga oşiqayotgan professional sportçilar, yuguriş işqibozlari, köngillilar va sayohatçilarni yana bir bor öz bağriga çorlaydi.
Uşbu hamkorlik zamirida Mobiuz’ning "Innovatsiyalar bilan aloqa" degan özgarmas şiori yotadi. Mobiuz texnik xizmatlari barqaror mobil aloqa va yuqori tezlikdagi internetni ta’minlaydi. Bu esa iştirokçilarga trassaning özidan öz his-tuyğularini bir zumda baham köriş, jonli efirlar uzatiş va yaqinlari bilan doimo aloqada böliş imkonini beradi.
Taşkilotçilar şahar mehmonlari va aholisi uçun interfaol dasturga alohida e’tibor qaratişdi. Marafon ötkaziladigan kunlarda operatorning maxsus maydonçalari faoliyat yuritadi. U yerda har bir iştirokçi nafaqat yugurişdan söng dam olişi, balki qiziqarli maşğulotlarda ham iştirok etişi mumkin böladi.
6 va 7 noyabr kunlari EXPO körgazma hududi soat 10:00 dan 20:00 gaça işlaydi, unda taşrif buyuruvçilar Mobiuz’ning yangi raqamli xizmatlari va loyihalari bilan birinçilardan bölib tanişişlari mumkin. 7 va 8 noyabr kunlari esa start-finiş şaharçasida Mobiuz’ning keng brend-hududi, şuningdek, trassa böylab marafon iştirokçilarini qöllab-quvvatlaş nuqtalari işga tuşadi.
Tadbir haqida batafsil ma’lumot: samarkandmarathon.uz
Tadbirdan jonli efirlar, foto, video va storislar quyidagi manzilda e’lon qilib boriladi: instagram.com/mobiuz.uzbekistan