Biz ijtimoiy tarmoqlarda

G‘oyalardan amaliy yordamgacha: Mobiuz’ning abonentlar bilan yangi uchrashuvlari

Mobiuz rahbariyatining abonentlar bilan ochiq uchrashuvlar turkumi davom etmoqda. 20-avgust kuni fuqarolarni qabul qilish marosimi Toshkent shahrida, 21-avgust kuni esa Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar yagona formatda o‘tganiga qaramay, har bir tadbir o‘z kun tartibiga ega bo‘lib, odamlarning savollari, g‘oyalari va ehtiyojlari naqadar xilma-xil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Toshkentdagi uchrashuvda abonentlarning murojaatlari bilan bir qatorda, hamkorlik qilish yuzasidan takliflar ham bildirildi. Ishtirokchilar yoshlarni rivojlantirish va o‘qitish sohasidagi yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga oid g‘oyalarni taqdim etdi. Bunday takliflar ochiq muloqotning yana bir yo‘nalishiga aylanib, o‘zaro hamkorlikning istiqbolli nuqtalarini muhokama qilish imkonini berdi.

Chirchiqdagi uchrashuv esa ko‘proq amaliy ahamiyat kasb etdi. Mobiuz mutaxassislari abonentlarga mobil qurilmalarni sozlashda va ulardan foydalanish chog‘ida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda yordam berdi. Murojaatlardan birida esa nafaqaxo‘rga xizmat ko‘rsatishning maqbul varianti tanlab berilib, u imtiyozli tarif rejasiga o‘tkazildi.

Bu ikki uchrashuv bevosita muloqotning turli jihatlarini yaqqol ko‘rsatib berdi. Ayrim abonentlar uchun bu g‘oya taklif qilish yoki hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkoniyati bo‘lsa, boshqalar uchun aniq bir vaziyatda yordam olish fursatidir. Har ikki holatda ham bunday formatning qadri bevosita murojaat qilish va o‘z masalasiga e’tibor qaratish imkoniyati mavjudligida namoyon bo‘ladi.

Ochiq qabullar Mobiuz’ga nafaqat abonentlarning umumiy umidlarini, balki odamlarning shaxsiy ehtiyojlarini ham yaxshiroq anglashga yordam beradi. Olingan fikr-mulohazalar esa xizmatlar, servislar va hamkorlikning yangi yo‘nalishlari ustida yanada ishlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ro‘yxatga qaytish