Ota-onalarni telefon firibgarlaridan qanday himoya qilish kerak: Mobiuz’dan maslahat va tavsiyalar

"Oyi, men avariyaga uchradim, shoshilinch pul o‘tkazing", "Sizga bankning xavfsizlik xizmatidan qo‘ng‘iroq qilishyapti, hisobingiz bloklandi", "Siz yutuq yutib oldingiz, soliqni to‘lashingiz kerak"…
Telefon firibgarlarining usullari tobora ayyorona bo‘lib bormoqda, ularning asosiy nishoni esa, afsuski, ota-onalarimiz, buvi va bobolarimiz bo‘lib qolmoqda. Katta avlod vakillari o‘zaro ishonch davrida ulg‘aygani sababli, ruhiy bosim ostida shoshib qolishadi.
Mutaxassislarimiz ma’lumotlariga ko‘ra, har oyda telefon orqali psixologik manipulyatsiya qilishning yangi usullari qayd etilmoqda. Shu munosabat bilan Mobiuz ekspertlari butun oila uchun sodda va tushunarli qo‘llanma tayyorlashdi: keksaygan qarindoshlar bilan qanday qilib to‘g‘ri gaplashish va ularni aldanib qolishdan saqlash mumkin.
Asosiy qoida: "Shubhali begona" rejimini yoqing
Ota-onangizga tushuntiringki, banklar, huquqni muhofaza qilish organlari (IIV) yoki mobil aloqa operatorlari xodimlari hech qachon:
· PIN-kodlar, CVV-kodlar (kartaning orqa tarafidagi uchta raqam) va Uzcard hamda Humo kartalarining xavfsizlik kodini so‘ramaydi.
· Operatsiyani tasdiqlovchi SMS-kodni aytishni talab qilmaydi.
· Pullarni "xavfsiz" yoki "maxsus" hisobga o‘tkazishni so‘ramaydi.
· Shoshirmaydi va qo‘rqitmaydi ("Hoziroq hal qiling, aks holda hammasi yo‘qoladi!"). Mutaxassislarimizning fikricha, vahima uyg‘otish — bu yovuz niyatli shaxslarning asosiy qurolidir.

Sodda eslatma tayyorlang
Keksaygan insonga stress holatida barcha xavfsizlik qoidalarini yodda tutish qiyin. Qog‘ozga yirik shrift bilan yozing va telefon yoniga osib qo‘ying (yoki smartfon g‘ilofiga solib qo‘ying) qisqa harakatlar ketma-ketligi:
1. Sizga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘rqitishyaptimi yoki yutuq va’da qilishyaptimi? Darhol go‘shakni qo‘ying.
2. Hech narsa demang hamda karta yoki SMS’dagi raqamlarni aytmang.
3. Ma’lumotni qayta tekshiring: darhol qarindoshlaringizga (o‘g‘lingizga, qizingizga, nabiralaringizga) yoki rasmiy raqam orqali bankka qo‘ng‘iroq qiling.
Texnikani to‘g‘ri sozlang
Ota-onangizga ularning gadjetlarini texnik darajada xavfsiz qilishga yordam bering:
· Telegram va WhatsApp’da maxfiylikni sozlang: Mobiuz mutaxassislari messendjerlar sozlamalarida qarindoshingizni ularning roziligisiz noma’lum guruhlar va kanallarga qo‘shish imkoniyatini cheklashni maslahat berishadi.
· Havolalar haqida ogohlantiring: ota-onangizga noma’lum yuboruvchilarning xabarlaridagi havolalarga o‘tmaslikni o o‘rgating, hatto u yerda bepul yo‘llanmalar, nafaqalar yoki moddiy yordam va’da qilingan bo‘lsa ham.
Katta avlodni himoya qilish — bu barchamizning umumiy ijtimoiy vazifamizdir. Mobiuz ota-onangiz bilan samimiy suhbatlashishga bir oqshom ajratishni va ularning farovonligini ta’minlash uchun firibgarlikning real misollarini birgalikda tahlil qilishni tavsiya etadi.