Biz ijtimoiy tarmoqlarda

5G tezligida: Mobiuz Farg‘ona vodiysida mobil aloqani qanday o‘zgartirmoqda?

Mobiuz mobil aloqa operatori Andijon, Fargona va Namangan viloyatlarida tarmoqni kengaytirishni davom ettirmoqda.

5Gga katta etibor

Farg‘ona vodiysida O‘zbekiston aholisining sezilarli qismi (taxminan uchdan bir qismi) yashaydi. Bu uyali aloqa tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga alohida talablar qo‘yadi. Millionlab abonentlar istalgan paytda video-kontentni ortiqcha kutishlarsiz tomosha qilishi, pul o‘tkazishi, qo‘ng‘iroq qilishi va smartfondagi boshqa barcha amallarni bajarishi muhim.

So‘nggi bir yarim yil davomida Mobiuz 5G tarmoqlarini faol joriy etib kelmoqda. Hozirgi vaqtda Farg‘ona vodiysidagi shahar va tumanlarda 300 dan ortiq 5G tayanch stansiyalari faoliyat yuritmoqda. 2026-yil yanvar – iyun oylarida 5G Andijon viloyati Shahrixon tumanida, Namangan viloyati Chust tumanida birinchi marta ishga tushirildi, shuningdek, Farg‘ona shahrida qamrov kengaytirildi.

Texnologiyaga bo‘lgan haqiqiy talabni internet-trafik yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bir yarim yil ichida Farg‘ona vodiysidagi 5G tarmoqlarida iste’mol qilinadigan ma’lumotlar hajmi 600 barobarga oshdi va ortib bormoqda.

4G LTEga yuqori talab

Shu bilan birga, barcha tarmoqlarda mobil internetdan foydalanish darajasi ortib bormoqda. 2026-yil iyun oyida 2025-yil dekabr oyiga nisbatan Mobiuz abonentlari Andijon viloyatida 14%, Namangan viloyatida 5%, Farg‘ona viloyatida esa 4% ko‘proq mobil internetdan foydalanmoqda.

Ushbu ko‘rsatkichlar Mobiuz infratuzilmasining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. 2026-yil boshidan buyon Farg‘ona vodiysida 130 dan ortiq yangi 4G LTE tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Yangi obyektlar Andijon viloyati Asaka, Marhamat tumanlarida, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida, Namangan viloyati Chust, To‘raqo‘rg‘on tumanlarida, Namangan shahrida va boshqa ko‘plab hududlarda paydo bo‘ldi.

Shuningdek, uch viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘nlab tayanch stansiyalar modernizatsiya qilindi. Shu bilan birga kompaniya magistral infratuzilma bo‘yicha ishlarni olib bordi.

Ekranda sezilayotgan barqarorlik

Olib borilayotgan ishlar abonentlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda: video va ilovalar tezroq yuklanmoqda, video-qo‘ng‘iroqlar va to‘lovlar barqarror amalga oshirilmoqda, ayrim tumanlarda esa birinchi marta 5G tarmog‘ining haqiqiy imkoniyatlari namoyon bo‘lmoqda. Mobil internet sifatining yaxshilanayotganini nafaqat xizmatlardan foydalanishda sezish mumkin, balki Speedtest.net, fast.com va boshqa maxsus servislar yordamida tekshirish ham mumkin.

Mobiuz respublikaning barcha hududlarida infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritishni davom ettirmoqda. Keyingi materialda Mobiuz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritadi.

Kompaniya haqida ko‘proq yangiliklarni pr.mobi.uz saytida o‘qing.

Ro‘yxatga qaytish