Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mobiuz O‘zbekiston xalqini Davlat gerbi qabul qilingan kun bilan tabriklaydi!

Davlat gerbi — vatanimiz mustaqilligi, qudrati va xalqimiz birdamligining yorqin timsolidir. U millionlab yuraklarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirib, har birimizga mamlakatimizning boy tarixi va buyuk kelajagidan faxrlanish tuyg‘usini baxsh etadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichida dadil odimlamoqda. Mobiuz kompaniyasi ham davlatimiz ramzlariga bo‘lgan yuksak ehtiromni qadrlagan holda, yurtimizning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga va xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Mobiuz jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

"Davlat ramzlari har bir fuqaroda faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. Mobiuz kompaniyasi mamlakatimizning har bir xonadonida tinchlik, osoyishtalik va qut-baraka barqaror bo‘lishini tilaydi. Davlatimiz gerbi har doim yutuqlarimiz, birdamligimiz va yorqin kelajagimiz ramzi bo‘lib yuksalaversin", — deya ta’kidladi kompaniya vakillari.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

Ro‘yxatga qaytish