Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Termiz ochiq muloqot yo‘nalishida. Yangi uchrashuvlar, yangi g‘oyalar

Mobiuz’ning abonentlar bilan ochiq uchrashuvlari geografiyasi kengayishda davom etmoqda. 19-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida abonentlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib otdi. Hududiy qabullar allaqachon kompaniyaning yaxshi an’anasiga aylanib ulgurgan bo‘lib, bu dolzarb masalalarni murojaat va arizalar orqali emas, balki jonli, shaxsiy muloqot formatida muhokama qilish imkonini beradi. 

Muloqot davomida abonentlar yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar haqida so‘z ochishdi, xizmatlardan foydalanish tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi hamda kompaniya servislarini yanada qulayroq qilishga xizmat qiladigan o‘z takliflarini bildirishdi. Aynan mana shunday formatda konstruktiv muloqot shakllanadi va u kompaniyaga foydalanuvchilarning real kutishlari hamda ehtiyojlarini hisobga olishga yordam beradi. Bu — odatiy jarayonlarga abonentlar ko‘zi bilan qarash hamda kompaniya xizmatlaridan har kuni foydalanadiganlar fikrini eshitish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ko‘pincha bir-biriga o‘xshash savollar ortida turlicha ehtiyojlar yotadi. Ochiq qabullar esa bu farqlarni yaxshiroq tushunishga va abonentlar orasida eng yuqori talabga ega bo‘lgan xizmatlarni rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beradi.

Ro‘yxatga qaytish