Mobil uslubning yangi formati: Mobiuz noyob 87 000 prefiksini ishga tushirdi!
Odatda chiroyli va oson esda qoladigan raqamlar deganda, so‘ngida nollari bor raqamlar ko‘z oldimizga keladi. Mobiuz mobil operatori bu tasavvurni butunlay o‘zgartirishga qaror qildi va mutlaqo yangi, noyob (+998) 87 000 raqamlar to‘plamining ishga tushirilishini e’lon qiladi!
Yangi prefiksning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, unda uchta nol koddan keyin, ya’ni eng boshida keladi. Bizning tarmoqda bunday format hali bo‘lmagan edi. Bu raqamning ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib, uni maqomli, esda qolarli va estetik qilib ko‘rsatadi.
Qayerda va qanday ulanish mumkin?
Yangi (+998) 87 000 seriyasidagi raqamlar ulanish uchun tayyor. O‘zingizga xos eksklyuziv raqamni tanlash va rasmiylashtirish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:
1. O‘zbekiston bo‘ylab Mobiuz’ning istalgan shaxsiy savdo ofisiga.
2. Kompaniyaning rasmiy tijorat vakillariga (dilerlariga).
O‘z raqamli uslubingizni yangilash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Eng chiroyli raqamlar hali egasini topmagan ekan, o‘zingiz uchun mos raqamni ulashga shoshiling!