Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Texnologiyalardan ham ustun. Oddiy aloqadan ham kuchliroq

Aloqa — shunchaki tayanch stnasiyalari, kabellar va murakkab kodlar emas. Bu yuzlab kilometr uzoqdan onangizning ovozini eshitish, muhim ish xabarini o‘z vaqtida yuborish yoki yaqinlaringiz bilan quvonchli lahzani real vaqtda bo‘lishish imkoniyatidir.

7-may kuni O‘zbekistonda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni nishonlandi. Bu — raqamli olamni har kuni yanada qulay, tezkor va ishonchli qilayotgan insonlar bayramidir. Aynan ularning professionalligi tufayli zamonaviy texnologiyalar millionlab foydalanuvchilar uchun qulay hayotning bir qismiga aylanib bormoqda.

Kasb bayrami sharafiga sohaning bir guruh xodimlariga ko‘p yillik mehnati hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun idoraviy mukofotlar topshirildi.

Mobiuz Texnik blokining bo‘lim boshlig‘i Umarxo‘ja Toshxo‘jayev esa alohida e’tirof — “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandi. Bu mukofot uning professionalligi, o‘z ishiga sodiqligi va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan ko‘p yillik hissasining e’tirofi bo‘ldi.

Mobiuz jamoasi hamkasbini ushbu munosib mukofot bilan chin dildan tabriklab, unga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va yorqin kasbiy zafarlar tilaydi!

Barcha aloqa sohasi xodimlarini bayram bilan tabriklaymiz! Tezlik faqat yuqori, aloqa esa doim barqaror bo‘lsin, har bir yangi loyiha mamlakatimiz taraqqiyoti uchun yangi ufqlarni ochsin

Ro‘yxatga qaytish