Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mobiuz va IZZY: shahar bo‘ylab harakatlanish yanada qulaylashdi

Mobiuz mobil operatori va “IZZY” samokatlar ijarasi xizmati ekologik toza transportni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihani taqdim etadi. Endi “IZZY” samokatlarining dizayni “Mobiuz” logotipi hamda oniy to‘lov uchun qulay QR-kodlar bilan yangilandi.

Har bir safarda aloqada bo‘ling

Barcha IZZY samokatlari Mobiuz tarmog‘i asosida ishlaydi. Operatorning M2M texnologiyalari ma’lumotlarning barqaror uzatilishini, aniq geolokatsiyani va QR-kod orqali faollashtirilganda tizimning bir zumda javob berishini ta’minlaydi. Signalning yuqori sifati foydalanuvchilarga shahar bo‘ylab to‘siqlarsiz harakatlanish imkonini beradi.

Ekologiya va qulaylik

Kompaniyalar hamkorligi atrof-muhit haqidagi umumiy g‘amxo‘rlikni yaqqol ko‘rsatadi. Elektr samokatlar avtomobillarga qaraganda 5–8 baravar kamroq CO2 chiqaradi, bu esa yo‘llarni bo‘shatishga va havoni toza saqlashga yordam beradi.

Mobiuz va IZZY shahar transportini nafaqat tezroq, balki yanada texnologikroq qilmoqda. Safaringizni birgina bosish bilan boshlang va doimo aloqada bo‘ling!

Ro‘yxatga qaytish